Sport | 20:50 / 29.01.2019
4773
2 daqiqa o‘qiladi

Shaxmat bo‘yicha sobiq jahon chempioni Vladimir Kramnik faoliyatini yakunlashini e'lon qildi 

Foto: Michel Utrecht/AFLO

Rossiyalik shaxmatchi, 2000 yilda jahon chempioni unvonini qo‘lga kiritgan Vladimir Kramnik faoliyatini yakunlashini e'lon qildi. U 7 yil davomida jahon chempioni unvonini o‘zida saqlab kelgan.

43 yoshli shaxmatchi bu haqda Niderlandiyaning Veyk-an-Zeye shahrida o‘tgan Tata Steel Chess musobaqasi saytida ma'lum qilgan. Kramnik musobaqa yakunlariga ko‘ra oxirgi 14-o‘rinni egallagan.

“Men professional shaxmatchi sifatidagi faoliyatimni bir necha oy oldin yakunlamoqchi edim. Men uchun oxirgi musobaqadan keyin bu haqida rasman e'lon qilishim mumkin. Mening faoliyatim ajoyib sayohat bo‘lgan va shaxmat menga bergan barchasi uchun undan minnatdorman”, deb aytgan Kramnik.

Kramnik jahon chempioni unvonini 2000 yilda Garri Kasparovni mag‘lub etgandan keyin qo‘lga kiritgan. Rossiyalik 2000 yildan 2006 yilgacha Professional shaxmat uyushmasi  versiyasi bo‘yicha jahon chempioni bo‘lgan. 2006 yilda Xalqaro shaxmat federatsiyasi Professional shaxmat uyushmasi bilan jahon chempionlari unvonlarini birlashtirishga qaror qilgan: mutlaq chempion uchun uchrashuvda Kramnik bolgariyalik Veyelin Topalovni mag‘lub etgan.

Kramnik Rossiya terma jamoasi safida Jahon shaxmat Olimpiadasida uch marta g‘olib bo‘lgan, jahon va Yevropa chempionatlari oltin medalini qo‘lga kiritgan. Kramnik umumiy hisobda 50 dan ko‘proq musobaqada g‘olib bo‘lgan. U chempionlik unvonini 2007 yilda hindistonlik Vishvanatan Anandga boy bergan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid