Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xonadon va uylarga videokuzatuv kameralari bepul o‘rnatiladimi?
O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi kuzatuv kameralari o‘rnatilishi borasidagi savollarga javob berdi.
Prezidentning “Jismoniy va yuridik shaxslar mulkining qo‘riqlanishini ta'minlash samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, O‘zbekistonda 1 yanvardan boshlab shunday amaliyot joriy etildiki, unga ko‘ra jismoniy shaxslarning uy-joylari va xonadonlariga ularga qo‘riqlash xizmatini ko‘rsatish mobaynida foydalanishga beriladigan qo‘riqlov texnik vositalari jihozlarini o‘rnatish hamda bepul texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ishlarni bajarish ichki ishlar organlari qo‘riqlash xizmati mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Vazirlikning qayd etishicha, kamera o‘rnatilganidan so‘ng jismoniy shaxslar qo‘riqlash xizmatidan foydalanganlik uchun oylik to‘lovni amalga oshirishlari lozim.
Bugungi kunda mazkur to‘lov miqdori oyiga 17 ming so‘mni tashkil etadi.
Mavzuga oid
10:24 / 24.05.2026
$57 millionlik ezgu tashabbus va IIVdagi ikki xil standart - hafta dayjesti
11:51 / 22.05.2026
IIV, Adliya va Tog‘-kon vazirligi - davlat boshqaruvidagi eng ilg‘or idoralar
17:45 / 30.04.2026
Forma ortidagi sxema: Samarqandda leytenant million dollarlik ishda gumonlanmoqda
10:56 / 17.04.2026