Sport | 15:51 / 30.01.2019
9192
2 daqiqa o‘qiladi

«Bavariya» hujumchisi Xitoy klubiga o‘tdi

«Bavariya» hujumchi Sandro Vagner Xitoyning «Tyanjin Teda» klubiga o‘tdi. Transfer har ikki klub tomonidan tasdiqlangan.

«Sandro bizga murojaat qilib, uni qo‘yib yuborishimizni so‘radi. Unda Xitoydan juda yaxshi taklif bor edi, shu bois biz uning iltimosini qondirdik. Sandroga «Bavariya»dagi o‘yinlari uchun tashakkur aytib, Xitoydagi faoliyatida katta muvaffaqiyatlar tilaymiz», – degan «Bavariya» sport direktori Hasan Salihamijichning so‘zlarini keltirdi klub matbuot xizmati.

31 yoshli futbolchi ushbu mavsum myunxenliklarning 11ta o‘yinida maydonga tushdi. U klub safiga 2017 yilda «Hoffenhaym»dan kelib qo‘shilgan va 4 yillik shartnoma imzolagan edi.

Tasdiqlanmagan ma'lumotlarga ko‘ra, xitoyliklar Vagner uchun 5 mln yevro to‘lashmoqda. Unga yangi klubida 2 yil mobaynida 15 mln yevro maosh to‘lanadi.