Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Venesuelada Rossiyaga oltin olib chiqib ketishga urinish haqida ma'lum qilindi
Venesuela milliy assambleyasi mamlakat markaziy banki xodimlaridan Rossiyaga 20 tonna oltin olib chiqib ketishga urinish haqidagi ma'lumotga tushuntirish berishni talab qildi. “Biz barcha tafsilotlarni talab qilamiz. Bu Kaliksto Orteganing (Venesuela banki rahbari) shaxsiy oltinlari emas. U xalqqa tegishli”, deb aytilgan tvitterdagi xabarda.
Deputatlarning ta'kidlashicha, oltinni olib chiqib ketishi kerak bo‘lgan samolyot Moskvadan Karakasga yetib kelgan.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlarga unda Moskvada Venesuela milliy bankidan oltin olib chiqib ketish rejasi haqida ma'lumot yo‘qligini aytgan.
“Bunday ma'lumot yo‘q. Rossiya ushbu mamlakatning ichki ishlariga aralashmagan holda, ichki siyosiy vaziyatni tartibga solishda har tomonlama ko‘mak ko‘rsatishga tayyor”, deb aytgan Peskov.
Peskov unga Nordwind aviakompaniyasining 28 yanvarda Moskvadan Karakasga yo‘lovchilarsiz uchgan yo‘lovchi samolyoti haqida biror narsa ma'lumligi yoki yo‘qligi haqidagi savolga rad javobini bergan.
Mavzuga oid
10:03 / 11.07.2026
Rossiyada BMW ruxsatsiz yig‘ilayotgani aytildi
09:19 / 11.07.2026
Rossiya Azov-Don kanali orqali kemalar harakatini chekladi
20:34 / 10.07.2026
Rossiya gazining O‘zbekistonga yetkazib berish hajmi oshishi kutilmoqda
11:50 / 10.07.2026