Malayziyaning yangi qiroli Sulton Abdulloh qirollik tojini kiydi
Malayziyada yangi qirol Sulton Abdulloh Sulton Ahmad Shohga Parlament maydonida toj kiydirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Undan avvalgi qirol Sulton Muhammad V rossiyalik go‘zallik tanlovi g‘olibasiga uylanish uchun 6 yanvarda taxtdan voz kechgandi.
Sulton Abdulloh Sulton Ahmad Shoh markaziy Paxang shtatidan bo‘lib, 16-qirol sifatida taxtni egalladi. U o‘tgan payshanba kuni qirollikka tanlangandi. Malayziyadagi monarxiya vakili almashuvi federatsiyadagi to‘qqiz qirollik oilasi a'zolari o‘rtasida har besh yilda hal qilinadi.
Perak sultoni Sulton Nazrin Shoh esa qirol o‘rinbosari bo‘ldi.
Sulton Abdulloh Britaniyada ta'lim olgan va sport sohasidagi muhim insonlardan sanaladi. U FIFA tashkiloti vakili, Osiyo xokkey federatsiyasi prezidenti va Xalqaro xokkey federatsiyasining boshqaruv kengashi a'zosi hamdir.
Ma'lumot uchun, Malayziya federativ konstitutsion tanlov monarxiyasi shaklida boshqariladi. Bosh vazir – Mahathir Muhammad. Aholisi 31,6 million kishi. 1957 yil 31 avgustda Buyuk Britaniyadan mustaqil bo‘lgan.
Mavzuga oid
21:46 / 23.11.2024
Charlz III ning toj kiyishi britaniyaliklarga 90 mln dollarga tushgani ma’lum bo‘ldi
13:27 / 21.11.2024
O‘zbekiston fuqarolari Malayziyada qonuniy asosda ish bilan ta’minlanishi mumkin
12:01 / 21.11.2024
Malayziya universiteti bilan qo‘shma ta’lim dasturlari amalga oshiriladi
10:10 / 29.10.2024