Matbuot va axborot agentligining nomi o‘zgardi va u Prezident Administratsiyasi tarkibidagi tuzilmaga aylantirildi

O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi 1 fevraldan boshlab Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligiga aylantirilib, endi Prezident Administratsiya tarkibidagi tuzilma bo‘lmoqda, uning direktori lavozimi esa davlat rahbari maslahatchisining birinchi o‘rinbosarligiga tenglashtirilmoqda. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar bermoqda.
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligini isloh qilish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Unga ko‘ra O‘zMAA endi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi deb ataladi.
Idora Vazirlar Mahkamasi yurisdiksiyasi ostidan chiqarilib, davlatning axborot siyosatini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish sohasidagi vakolatli organga aylantirilmoqda.
Yangi agentlikning asosiy vazifalari sifatida ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish, vazirliklar matbuot xizmatlari ishini yaxshilash, davlat organlari ochiqligini ta'minlash belgilanmoqda.
Barcha davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari Agentlikning axborot sohasidagi topshiriqlarini bajarishga majbur.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligiga 2018 yil 28 noyabrdan buyon Komil Allamjonov rahbarlik qilib kelmoqda. Bungacha u Prezident matbuot kotibi lavozimida ishlagan edi.
Agentlikka direktor etib tayinlangan Allamjonov «Ushbu muassasa jurnalistlar faoliyatining erkinligini kafolatlovchi hamda so‘z va matbuot erkinligini rivojlantirishga ko‘maklashuvchi tashkilot sifatida shakllanishiga bor kuchimni safarbar etishga harakat qilaman», degan edi.
Tavsiya etamiz
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
Iyunda ob-havo nisbatan salqin bo‘lishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 16:47 / 10.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eronning Isroilga javobi: Tel-Avivda vayrongarchiliklar, yaralanganlar bor
Jahon | 07:43
-
Air Arabia O‘zbekistonga va yana to‘qqizta davlatga parvozlarni to‘xtatdi
Jahon | 00:25
-
Eron Isroilga ballistik raketalarni uchirdi
Jahon | 23:46 / 13.06.2025
-
O‘zbekiston G‘azoda urushni to‘xtatish haqidagi BMT rezolyutsiyasiga qo‘shildi
Jahon | 23:21 / 13.06.2025
Mavzuga oid

17:36 / 07.02.2025
Sherzod Asadov Prezident administratsiyasi shtat birliklari qisqarayotgani to‘g‘risidagi xabarlarga munosabat bildirdi

21:45 / 30.09.2024
“Siz boshlagan loyihalar kelajakda, albatta, o‘z mevasini beradi” - Saida Mirziyoyeva

21:34 / 21.06.2024
Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohasidagi loyihalar markazi tashkil etiladi

12:59 / 01.11.2023