Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston IIV mahkum Iskandar Xudoyberganovning sog‘ligi yomonlashgani haqidagi xabarlarni rad etdi
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi 2019 yilning 2 fevral kuni ba'zi bir ijtimoiy tarmoqlarda “Jasliq” mahkumi Iskandar Xudoyberganovning ahvoli og‘irlashdi” sarlavhasi ostida tarqatilgan xabarga munosabat bildirdi.
Ma'lum qilinishicha, xabarda Qoraqalpog‘iston Respublikasida joylashgan 19-son jazoni ijro etish koloniyasida jazo muddatini o‘tayotgan 44 yoshli Iskandar Xudayberganovning amakisi oldiga militsiya xodimi kelib, uning ahvoli o‘ta og‘irligi, jiddiy kasallanganligi hamda zudlik bilan xabar olish lozimligini aytganligi haqida bayon qilingan.
O‘zbekiston IIV Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi bergan ma'lumotga ko‘ra, mahkum Iskandar Erkinovich Xudayberganov 1974 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. U 2002 yil 28 noyabr kuni Toshkent shahar sudi tomonidan Jinoyat kodeksining 155-moddasi 3-qismi (Terrorizm), 156-moddasi 2-qismi (Milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qo‘zg‘atish), 159-moddasi 4-qismi (O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish), 161-moddasi (Qo‘poruvchilik), 242-moddasi 2-qismi (Jinoiy uyushma tashkil etish), 247-moddasi 3-qismi (O‘qotar qurol, o‘q-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalarini qonunga xilof ravishda egallash), 248-moddasi 1-qismi (Qurol, o‘q-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalariga qonunga xilof ravishda egalik qilish)da ko‘zda tutilgan jinoyatlarni sodir etishda ayblanib o‘lim jazosiga hukm qilingan va O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining ajrimiga asosan hukm o‘zgartirilib, 25 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan.
Shuningdek, ma'lumotda mahkum I.Xudayberganovning yaqin qarindoshlari oldiga O‘zbekiston Respublikasi IIV Jazoni ijro etish bosh boshqarmasida yoki 19-son jazoni ijro etish koloniyasida xizmat qilayotgan xodimlardan birortasi bormaganligi hamda hozirgi kunda mahkum I.Xudayberganovning sog‘ligi qoniqarli darajada bo‘lib, statsionar yoki ambulator tartibda davolanishga muhtoj emasligi, u barcha mahkumlar qatori jazo muddatini o‘tayotganligi bildirilgan.
Mavzuga oid
10:24 / 24.05.2026
$57 millionlik ezgu tashabbus va IIVdagi ikki xil standart - hafta dayjesti
11:51 / 22.05.2026
IIV, Adliya va Tog‘-kon vazirligi - davlat boshqaruvidagi eng ilg‘or idoralar
17:45 / 30.04.2026
Forma ortidagi sxema: Samarqandda leytenant million dollarlik ishda gumonlanmoqda
10:56 / 17.04.2026