Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransuzlar Samarqandda yangi sement zavodini qurishga qiziqish bildirmoqda
«O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyatida Fransiyaning «Freyssine» kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda «Freyssine» kompaniyasi bilan hamkorlikda «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati tarkibida ehtiyojlar uchun Samarqand viloyatining Paxtachi tumanida yangi sement zavodini tashkil etish masalasi ko‘rib chiqildi, deb xabar bermoqda jamiyat axborot xizmati.
Ma'lum qilinishicha, yig‘ilishda mazkur inshoot qurilishi belgilangan hududning geologik holati bo‘yicha tekshiruvlarni o‘tkazish, zavodga xorijdan yangi texnika va texnologiyalarni olib kelish, korxonaning kelajakdagi salohiyati haqida fikr yuritilgan.
Mutaxassislarning ta'kidlashicha, yangi tashkil etilayotgan zavod yiliga 1 mln. tonna yuqori sifatli sement mahsuloti ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘ladi.
Tadbirda shuningdek, poytaxtda qurilishi rejalashtirilayotgan bir qator yo‘l o‘tkazgich va ko‘priklar, yangi metro liniyalarining loyihalari fransiyalik mutaxassislar tomonidan taqdim etildi. Yangicha dizayn, o‘zgacha uslub, jahon standartlariga mos keladigan bunday inshootlarni bunyod etish bo‘yicha mulohazalar ham bildirildi.
Mavzuga oid
15:30 / 03.02.2026
Samarqandda kuniga 500 tonna chiqindi saralaydigan stansiya quriladi
10:53 / 29.01.2026
Samarqandda yollanma qotil orqali tanishini o‘ldirmoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi
10:30 / 29.01.2026
Samarqandda tabiatga 422 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazildi
14:43 / 28.01.2026