Tsukerberg “Tvitter” rahbarini o‘zi boqqan echki go‘shti bilan mehmon qilgan

Facebook asoschisi Mark Tsukerberg “Tvitter” rahbari Jyek Dorsi ko‘z o‘ngida o‘zi boqqan echkilardan birini elektroshokerda jonsizlantirib, so‘ngra so‘ydirgan. Bu haqda Dorsi Rolling Stone jurnaliga intervyusida ma'lum qildi.
“Mark hayotida bir yil davomida o‘zi o‘ldirgan jonzotlar go‘shtinigina yegan davr bo‘lgan. Palo-Altoda shunday qoida borki, yer egasi 6 bosh chorva boqish huquqiga ega. Mark esa echkilar boqqan”, deb ma'lum qilgan Dorsi intervyuda.
Tsukerberg shu kuniyoq Dorsini uyiga kechki ovqatga taklif qilgan. Mark hamkasbiga o‘zi tayyorlagan echki go‘shtini tortiq qilgan. Dorsining aytishicha, Facebook asoschisi go‘shtni pechga tiqib, yarim soatdan keyin uni dasturxonga tortgan.
“U o‘sha echki go‘shtini tayyorlagan. Go‘sht sovuq holda edi. Men o‘sha kecha salat bilan kifoyalanib qolganman”, deb eslagan Dorsi.
Dorsi Facebook rahbari echkini o‘ldirish uchun qanday vosita qo‘llagani haqidagi savolga bu lazer nishonga olgichli elektroshoker to‘pponchasi bo‘lganini aytgan. “Tvitter” rahbarining qo‘shimcha qilishicha, Tsukerberg echkiga to‘pponchadan o‘q uzgandan keyin uni pichoq bilan o‘ldirgan.
Tavsiya etamiz
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
Shaharlarda yo‘l ta’mirlash ishlari faqat tunda amalga oshiriladi
O‘zbekiston | 17:20 / 16.05.2025
Kameralar yo‘l chizig‘ini bosganlik uchun jarima yozmaydigan bo‘ldi
O‘zbekiston | 16:46 / 16.05.2025
14 yillik qamoqdan prezidentlikkacha. Xose Muxika kim edi?
Jahon | 16:05 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Putin bilan gaplashmoqchi. U «„qon hammomi“»ni to‘xtatish»ni muhokama qilishi haqida yozdi
Jahon | 16:30
-
Maktablarda «So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlari 24 may kuni o‘tkaziladi
O‘zbekiston | 15:31
-
Nyu Yorkda Meksika harbiy kemasi Bruklin ko‘prigiga urildi. Qurbonlar bor
Jahon | 15:18
-
OAV: Hamasning navbatdagi qo‘mondoni Muhammad Sinvar ham o‘ldirildi
Jahon | 15:06
Mavzuga oid

18:27 / 18.04.2025
Meta Tsukerbergning xavfsizligi uchun 2024 yilda 14 mln dollar sarfladi

22:38 / 30.01.2025
Meta kompaniyasi Trampga 25 mln dollar to‘lashga rozi bo‘ldi

22:15 / 15.01.2025
Meta kompaniyasi 3,6 mingga yaqin xodimini ishdan bo‘shatadi

12:02 / 09.01.2025