Özbekistonda xizmat körsatgan irrigator, suv xöjaligi sohasining mutaxassisi Ismoil Jörabekov “Xalq sözi”ga intervyu berdi.
U öz suhbatida Orol dengizi qanday va nima uçun qurigani, bu fojiaga olib kelgan tuşunarsiz qarorlar, dengiz “taqdiri”ni hal etişda muhim ahamiyat kasb etgan xatolar, şuningdek, boy berilgan ulkan kölni tiklaş mumkinmi yoki yöq ekanligi xususidagi fikrlari bilan örtoqlaşgan.
Quyida intervyudan bir neçta iqtiboslar keltiriladi.
“1971 yili Möynoqqa katta yöldan borgandik, öşanda hali yölning öng va söl tarafidan sohilga tölqinlar urilib turardi. Ammo 1972 yili suv qirğoqni tark etayotgani sezila boşladi. Eng oğir davr esa 1979-1980 yillarga töğri keldi, öşa paytda dengiz qirğoqdan juda ham tez uzoqlaşdi, bu uzoqlaşiş hatto yiliga 15 — 20 kilometrni taşkil etgan edi”.
“Biz Orolni yöqotayotganimizni qaçon tuşunib yetdik? Öşandayoq bizga ma'lum ediki, bunçalik köp yerni özlaştiriş oqibatida bu kölga suv yetib bormaydi. Şuni bilaturib nega bu yirik loyihaga qöl urdik. Buning öziga yaraşa bir neçta sabablari bor edi...”.
“Özbekistonda hamma “yuqori”ning buyruqlarini sözsiz bajaravergan, deb öylamaslik kerak. Orol dengiziga suv yetib bormasligi aniq bölgaç, mamlakatning Şarof Raşidov boşçiligidagi öşa paytdagi rahbariyati bu masalani sobiq ittifoq rahbariyatiga kötarib çiqdi. U yerda bizni jiddiy eşitişdi, jiddiy qabul qilişdi va yakunda Sibir daryolarining ma'lum bir qismini Örta Osiyo va Qozoğistonga yönaltiriş qaroriga kelindi. Agar yiliga 17 kub kilometrdan suv yönaltirilsa, bu mintaqani yalpi ofatdan asrab qolişi hamda yangi yerlarni özlaştirişda Amudaryo va Sirdaryoga tuşayotgan “yuk”ni kamaytirib, Orolni töldirişi mumkinligi hisoblab çiqilgandi. Va bu borada işlar boşlanib ham ketdi. Ammo...”.
“Uzoq vaqt mobaynida e'tiborsiz qolgani bois yillar davomida maşaqqatli mehnatlar evaziga erişilgan barça narsa vayron böldi. Oqibatda bugun biz meliorativ ahvoli izdan çiqqan 600 ming gektar yerga “ega”miz. Şundan 200 ming gektari ayni paytda foydalanişga mutlaqo yaroqsiz holga kelgan”.








