Orol dengizi falokati natijasida Markaziy Osiyoda iqlim o‘zgarishi dunyo ko‘rsatkichlaridan 2 barobar jadalroq kechmoqda - Senat
Joriy yil 14 may kuni Senatning Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish masalalari va ekologiya qo‘mitasining majlisi bo‘lib o‘tdi.

Foto: Senat.uz
Senat axborot xizmati xabariga ko‘ra, unda iqlim o‘zgarishining O‘zbekistondagi oqibatlarini yumshatish bo‘yicha qisqa va o‘rta muddatli chora-tadbirlarni amalga oshirish rejasida belgilangan vazifalar bajarilishi holati yuzasidan "O‘zgidromet" xizmati markazi bosh direktori axboroti eshitildi.
Qayd etilganidek, iqlim o‘zgarishining salbiy oqibatlari global miqyosga ega bo‘lib, mahalliy hududda ham yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Orol dengizi falokati natijasida Markaziy Osiyoda iqlim o‘zgarishi dunyo ko‘rsatkichlaridan 2 barobar jadalroq kechmoqda. Daryolar suvini shakllantiruvchi muzliklarni tobora erib borishi, chang bo‘ronlari davriyligi va ularning ortib borishi, yerlarning degradatsiyaga uchrashi, suv resurslarining taqchilligi kabi salbiy ko‘rinishlarda namoyon bo‘lmoqda.
Majlisda amalga oshirilgan ishlar bilan bir qatorda vazirliklar va idoralar tomonidan qisqa va o‘rta muddatli chora-tadbirlarni amalga oshirish rejasida belgilangan ayrim tadbirlar bajarilishida sustkashliklarga yo‘l qo‘yilgani qayd etildi.
Jumladan, O‘zbekistonning “yashil” iqtisodiyotga o‘tish strategiyasini amalga oshirish to‘g‘risidagi 2022-2030 yillarga mo‘ljallangan uzoq muddatli harakatlar rejasi loyihasini ishlab chiqish ishlari oxiriga yetkazilmagan.
Bundan tashqari, qayta tiklanadigan va vodorod energetikasini rivojlantirish hamda yoqilg‘i-energetika tarmog‘idagi issiqxona gazlar ajratmalarini kamaytirish imkoniyatlarini o‘rganish borasidagi ishlar ham oxiriga yetkazilmagan.
Shuningdek, iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda qurilishda texnik normativlarni qayta ko‘rib chiqish “Yangi qurilish qoidalari”ni tasdiqlash tadbiri yakunlanmagan.
Senatorlar tomonidan o‘z vaqtida bajarilmagan vazifalarni oxiriga yetkazish va boshqa masalalar yuzasidan mas’ullarga topshiriq, tegishli taklif va tavsiyalar berildi. Xususan, “O‘zbekiston Respublikasi shamol atlasi”ni hamda “O‘zbekiston Respublikasi quyosh atlasi”ni ishlab chiqish shular jumlasidandir.
Tavsiya etamiz
O‘qituvchilarni ovoz yig‘ishga majburlagan maktab direktori ishdan olindi
O‘zbekiston | 11:20 / 14.03.2025
Putin AQSh va Ukrainaning 30 kunlik otashkesim taklifiga rozi bo‘ldi
Jahon | 23:00 / 13.03.2025
“Xitoy bilan oramiz buzilishini istovchi davlatlar bor” – tarmoqdagi dolzarb mavzu haqida suhbat
O‘zbekiston | 15:17 / 13.03.2025
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30 / 13.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Yaman husiylariga qarshi harbiy amaliyot boshlashni buyurdi
Jahon | 01:48
-
Toshkent viloyatida 1 mln dollarga yer sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
Jamiyat | 23:32 / 15.03.2025
-
Yevropa Ittifoqi harbiy razvedka uchun sun’iy yo‘ldosh tarmog‘ini yaratishi mumkin
Jahon | 22:27 / 15.03.2025
-
Tramp «Ozodlik radiosi» va «Amerika Ovozi» radiosini nazorat qiluvchi agentlikni qisqartirmoqchi
Jahon | 22:01 / 15.03.2025
Mavzuga oid

18:08 / 05.03.2025
Olimlar XXI asrda Yerning rekord darajada yashillanishini bashorat qilmoqda

11:55 / 18.02.2025
Havoni ifloslantiruvchi omillar: mutaxassis fikri

12:33 / 17.02.2025
Muzliklarning erishi noma’lum viruslar tarqalishiga sabab bo‘lishi mumkin

16:29 / 06.02.2025