Özbekiston hukumati tomonidan qurğoqçilik va suv tanqisligiga qarşi kuraşiş, Orol fojiasi oqibatlarini yumşatiş va Orolböyi hududini rivojlantiriş borasida izçil harakatlar amalga oşirilayotganligi ma’lum qilindi.
Yaponiya köp yillardan buyon Özbekistonning atrof-muhitni himoya qiliş yönalişidagi sa’y-harakatlarini qöllab-quvvatlayotgani va köplab ekologik muammolarga yeçim topişda kömak berayotgani qayd etildi.
OISCA prezidenti Etsuko Nakano taşkilot tomonidan köp yillardan buyon içki Möğuliston çöl zonalarini kökalamzorlaştiriş loyihasini amalga oşiriş orqali saksovul va tsistanxe kabi çöl ösimliklarini östiriş böyiça boy tajriba orttirilganini ta’kidlab ötib, 2015 yildan boşlab bunday loyihani Orol dengizi qurigan zonalarida ham tatbiq qiliş loyihasi ustida işlanilayotganini ma’lum qildi.
OISCA prezidenti Etsuko Nakano joriy yil noyabr oyida OISCA taşkiloti tomonidan 10 yil davomida Orol dengizi qurigan hududi 40 ming gektar maydonini kökalamzorlaştiriş loyihasiga start berilişi rejalaştirilganini ta’kidlab ötdi va mazkur loyiha Orolböyidagi ekologik vaziyat va aholi farovonligini yaxşilaşga kömaklaşişiga umid bildirdi.
Mazkur intervyu OISCA jurnali dekabr oyi sonida çop etilişi rejalaştirilgan.

















