Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiya va Italiya o‘rtasida diplomatik mojaro avj olmoqda
Fransiya tashqi ishlar vazirligi Italiyadagi elchini maslahatlashuvlar uchun chaqirtirib oldi. Vazirlik bayonotiga ko‘ra, bunga Italiya rasmiy shaxslari tomonidan Fransiyaga bildirilayotgan “misli ko‘rilmagan” ta'na-malomatlar sabab bo‘lgan.
“Bir necha oy davomida Fransiya ayblovlar, asossiz ta'na-malomatlar va kurakda turmaydigan bayonotlarga uchramoqda”, deyilgan xabarda.
Bayonotda shu bilan birga Fransiya Italiya bilan do‘stlikka sodiq bo‘lib qolishi, biroq Italiya Fransiyaning demokratik yo‘l bilan saylangan hukumatiga hurmatsizlik qilayotgani ta'kidlab o‘tilgan.
Yanvar boshida Italiya bosh vaziri o‘rinbosari hamda mehnat va iqtisodiy rivojlanish vaziri Luiji Di Mayo Fransiyadagi “sariq jiletlar” harakatini taslim bo‘lmaslikka chaqirgan va siyosiy yordam taklif qilgan. Fransiyadagi norozilik harakatini Italiya ichki ishlar vaziri Matteo Salvini ham qo‘llab-quvvatlagan. U “sariq jiletchilar” xalqqa qarshi siyosat olib borayotgan prezidentga qarshi norozilik bildirayotganlarini ta'kidlab o‘tgan va namoyishlardagi zo‘ravonliklarni qoralagan.
Fransiya tashqi ishlar vazirligidagi Yevropa ishlari bo‘yicha vazir Natali Luazo Italiya hukumati a'zolarining bayonotlarini Fransiyaning ichki ishlariga aralashuv deb atagan.
Mavzuga oid
09:25 / 03.07.2026
Fransiyaning bir nechta hududida o‘rmon yong‘inlari avj olmoqda
09:45 / 01.07.2026
Fransiyada Shengen vizasi olish tartibi o‘zgardi
08:17 / 30.06.2026
Saida Mirziyoyeva: Fransiya bilan strategik sheriklik yanada mustahkamlanadi
20:54 / 28.06.2026