Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
iPhone ekranida nima yuz berayotganini yozib oluvchi dasturlar ma'lum qilindi

iPhone smartfonlari uchun keng tarqalgan dasturlar smartfon ekranida yuz berayotgan hodisalarni kuzatib, o‘zi uchun kerakli ma'lumotlarni saqlab qolishi aniqlandi. Bu haqda mutaxassislarga iqtibos keltirgan holda TechCrunch ma'lum qildi.
Ta'kidlanishicha, bunday xatti-harakatlar Glassbox texnologiyasidan foydalanuvchi, mehmonxonalar va aviachiptalarni bronlash dasturlari ishida aniqlangan.
Gap mehmonxonalarni bronlash sayti Hotels.com, Abercrombie & Fitch va Hollister reteylerlari, Air Canada va Singapore Airlines aviakompaniyalari va sayyohlar uchun mo‘ljallangan Expedia servisi haqida bormoqda. Bu kompaniyalarning barchasi Glassbox texnologiyasidan foydalanadi. Bu texnologiya smartfon egasi bosgan klavishlar, uni imo-ishoralari ortidan kuzatib, ekranni tasvirga oladi. So‘ngra bu ma'lumot turli xil reklamani ilgari surish uchun qo‘llanadi.
Mutaxassislarning ta'kidlashicha, dasturlar barcha operatsiyalar va foydalanuvchi haqidagi ma'lumotlarni uning roziligisiz saqlab oladi. Shu bilan birga ma'lumot ishonchli shifrlash bilan himoyalanmagan va xakerlar qo‘liga osongina tushishi mumkin.
Tahlilchilarning ta'kidlashicha, hozirda foydalanuvchilar ortidan bunday kuzatuv tartiblashtirilmagan. Mutaxassislar yashirincha kuzatuv olib boruvchi dasturlardan foydalanmaslikni tavsiya qilishgan.
Tavsiya etamiz
Yevropa Ittifoqining 18-sanksiyalar paketi Rossiyaga qanday ta’sir qiladi?
Jahon | 23:12 / 21.07.2025
Uy sotib olishda aldanib qolmaslik uchun nimalarga e’tibor qilish kerak?
Ko‘chmas mulk | 16:30 / 21.07.2025
Super-kontraktni bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkinmi?
Ta’lim | 11:29 / 21.07.2025
Davlat OTMga qabul kvotalari tasdiqlandi
Ta’lim | 11:09 / 21.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Britaniyada depressiyaga chalingan odamlarga futbolga borish tavsiya etildi
Sport | 23:20 / 22.07.2025
-
AQSh Trampning yangi muddati davomida Ukrainaga birinchi harbiy yordam shartnomasini e’lon qildi
Jahon | 23:01 / 22.07.2025
-
O‘zbek-qozoq chegarasidagi tunnel, ijtimoiy obektlar geoportali va Jizzaxga tashrif – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:54 / 22.07.2025
-
Eron davlat xodimlarining iPhone’lari Isroil bilan urush oldidan kiberhujumga uchradi – OAV
Jahon | 22:18 / 22.07.2025
Mavzuga oid

21:38 / 22.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?

18:42 / 28.06.2025
Apple olti yil ichida ilk marta asosiy iPhone displeyini kengaytiradi

16:50 / 26.06.2025
Internetda iPhone 17 Pro suratlari paydo bo‘ldi

00:33 / 20.06.2025