Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin to‘qqiz general va ikki polkovnikni lavozimidan ozod qildi
Foto: Mixail Metsel / TASS
Rossiya prezidenti Vladimir Putin kuch tuzilmalaridagi to‘qqiz nafar general va ikki nafar polkovnikni lavozimidan ozod qildi. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib RBK xabar bermoqda.
Lavozimidan bo‘shatilgan generallar orasida Rossiya tergov qo‘mitasining Moskva viloyati bo‘yicha rahbari Andrey Markov, Tatariston bo‘yicha rahbari Pavel Nikolayev, Krasnoyarsk bo‘yicha rahbarining birinchi o‘rinbosari Aleksandr Rasstrigin bor. Shuningdek tergov qo‘mitasi rahbarining katta yordamchisi Irina Zeybert ham lavozimidan ozod qilingan.
Qayd etilishicha, Putinning farmoni bilan, shuningdek 40dan ortiq kuch tuzilmalari xodimlari tegishli lavozimlarga tayinlangan.
Mavzuga oid
14:32 / 23.02.2026
Uitkoff Zelenskiy va Putin yaqin orada uchrashishi mumkinligini istisno etmadi
09:35 / 26.01.2026
Xitoyda nufuzli generallarga qarshi tergov boshlandi
19:19 / 09.01.2026
Ukraina bilan urush davomida Rossiya 19 nafar generalini yo‘qotdi
08:01 / 29.08.2025