O‘zbekiston | 19:10 / 08.02.2019
9777
1 daqiqa o‘qiladi

Qurilish sohasi bo‘yicha chet el tajribasini o‘rganish uchun xorijga ishchi guruhlari yuboriladi

Foto: Pinterest

2019 yilning 11-24 fevral kunlari kurilish sohasi bo‘yicha chet el tajribasini o‘rganish yuzasidan tashkil etilgan ishchi guruhlar Rossiya, Belarus, Turkiya va Ozarboyjonga yuboriladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishida aytilgan.

Qayd etilishicha, ishchi guruhlar qurilish sohasining bugungi ahvolini, zamonaviy xalqaro talablar va standartlarga javob berishi masalalarini kompleks o‘rganish maqsadida yuqoridagi davlatlarga yuboriladi va xizmat safari doirasida mutasaddi tashkilotlar bilan uchrashuvlar o‘tkazadi.  

Ishchi guruhlar zimmasiga Rossiya, Belarus, Turkiya va Ozarboyjonning qurilish sohasidagi tajribasini o‘rganish va xizmat safari yakunlari bo‘yicha ularni mamlakatimizda amalga oshiriladigan loyihalashtirish va qurilish ishlariga tatbiq etish yuzasidan tegishli takliflarni kiritish vazifasi yuklandi. 

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid