Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Polsha AQShdan 414 mln dollarlik raketa qurilmalari sotib olishga qaror qildi
Polsha AQShdan HIMARS raketa qurilmalarini sotib olishga qaror qildi. Bu haqda Polsha mudofaa vaziri Mariush Blashak ma'lum qildi.
Uning ta'kidlashicha, kelasi haftada AQSh bilan bu borada shartnoma imzolanadi. Shartnomaga ko‘ra, Polsha 300 kmgacha ucha oluvchi 20 ta HIMARS’dan oladi. Shartnoma qiymati 414 mln dollarni tashkil qiladi.
Polsha mudofaa vazirining aytishicha, zamonaviy qurol armiyaning jangovar imkoniyatlarini ancha oshiradi.
HIMARS - High Mobility Artillery Rocket System – yuqori mobillikka ega raketa-artilleriya tizimi bo‘lib, unda GMLRS-Y/AW va ATACMS boshqariluvchi o‘q-dorilari qo‘llanadi. Pusk qurilmasi zirhlangan yengil yuk mashinasida joylashtiriladi.
Mavzuga oid
10:56 / 11.07.2026
O‘zbekistonlik haydovchi Amerikada oqibati o‘lim bilan tugagan YTH sodir etdi
08:50 / 11.07.2026
Janubiy Koreya va AQShga noqonuniy migratsiya tashkil etmoqchi bo‘lganlar ushlandi
22:16 / 10.07.2026
Tramp o‘zi o‘ldirilgan taqdirda Eronni «bombalab tashlashni» buyurdi
11:07 / 10.07.2026