Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tayyor mahsulotning kamida 80 foizini eksport qiladigan tikuv-trikotaj korxonalar uchun yangi tartib joriy etilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va uning eksport salohiyatini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»ga qarori qabul qilindi.
Qaror to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatida amalga oshirilayotgan islohotlarni yanada chuqurlashtirish, sohani jadal rivojlantirish va diversifikatsiya qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, to‘qimachilikda yarim tayyor mahsulotlarni chuqur qayta ishlashga investitsiyalar hajmini va tayyor mahsulotlar eksportini oshirish maqsadida qabul qilinmoqda va ayrim chora-tadbirlarni nazarda tutadi.
Jumladan, 2019 yil 1 apreldan o‘rnatiladigan tartibga muvofiq:
a) 2019–2021 yillarda ishlab chiqariladigan tayyor mahsulotning kamida 80 foizini eksport qiladigan tikuv-trikotaj korxonalariga tijorat banklarining kreditlari bo‘yicha foizlarni to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan quyidagi tartibda qoplanadi:
· aylanma mablag‘larni to‘ldirish (tayyor to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish uchun ip-kalava, trikotaj mato, ip gazlama va boshqalar xarid qilish) maqsadida tijorat banklari tomonidan milliy valutada beriladigan kreditlar bo‘yicha belgilangan foiz stavkasining 25 foizi miqdorida, ammo 5 foizli punktdan yuqori bo‘lmagan holda;
· ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish (bino va asbob-uskunalarni sotib olish) maqsadida tijorat banklari tomonidan xorijiy valutada beriladigan kreditlar bo‘yicha belgilangan foiz stavkasining 50 foizi miqdorida;
b) nol stavkani qo‘llash natijasida vujudga kelgan qo‘shilgan qiymat solig‘ini qaytarish zarur bo‘lgan hujjatlar to‘liq taqdim etilgan kundan e'tiboran 7 ish kuni davomida soliq to‘lovchiga tezkorlik bilan qaytariladi. Bunda davlat soliq organlarida mavjud bo‘lgan ma'lumotlar, shu jumladan, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha taqqoslash dalolatnomasi hamda qo‘shilgan qiymat solig‘i hisob-kitoblarini taqdim etish tartibi bekor qilinadi;
v) birja savdolari orqali paxta tolasini sotishda qat'iy talab qilinadigan bank kafolatlari bekor qilinadi. Bunda taraflar o‘rtasida majburiyatlar bajarilishini ta'minlash tartibi shartnoma asosida belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tijorat banklari tomonidan tikuv-trikotaj korxonalariga berilgan kreditlar bo‘yicha foizlarni qoplash uchun zarur bo‘lgan mablag‘larni 2019–2021 yillar davomida belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasiga ajratadi.
Mavzuga oid
09:09 / 14.04.2026
O‘zbekistonda elektron tijorat uchun bond omborlari tashkil etiladi
10:31 / 30.03.2026
Issiqxona xo‘jaliklariga yangi imtiyozlar beriladi
09:37 / 30.03.2026
Uchta yangi milliy tabiat bog‘i tashkil etiladi
08:27 / 17.03.2026