Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada davlat to‘ntaruviga urinish ishi bo‘yicha 640 dan ko‘proq odam qo‘lga olindi
Turkiyada Fathulla Gulenning FETO tashkilotiga aloqadorlikda gumon qilingan 641 kishi qo‘lga olindi. Anqara ushbu tashkilotni 2016 yil iyuldagi davlat to‘ntaruviga urinishni tashkillashtirishda ayblab keladi.
Ma'lum qilinishicha, mamlakatda isyonchilar tarafdorlariga qarshi qaratilgan, oxirgi vaqtdagi eng yirik aksilterrorchilik operatsiyasi boshlandi. Turkiya prokuraturasi umumiy hisobda 1112 kishini hibsga olishga order bergan.
Ta'kidlanishicha, operatsiya mamlakatning 76 ta viloyatida olib borilmoqda. Kuch tuzilmalari yana 471 gumonlanuvchini qo‘lga olishi kerak.
2016 yil 15 iyulda Turkiya qurolli kuchlarining bir guruh askar va zobitlari davlat to‘ntaruvini amalga oshirishga va prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘anni asirga olishga uringan. Asosiy kurash Istanbul va Anqarada kechgan, uning davomida 250 kishi halok bo‘lgan, 2000 dan ko‘proq kishi jarohat olgan.
Mavzuga oid
22:23 / 08.06.2026
Harbiy tibbiyot sohasida Turkiya bilan hamkorlik rivojlantiriladi
13:14 / 07.06.2026
Olti yildan buyon qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol Turkiyada ushlandi
16:20 / 26.05.2026
O‘lim to‘shagida ochilgan sir: turk tadbirkorining Shveytsariya bankiga qarshi moliyaviy urushi
13:52 / 26.05.2026