Vazirlar Mahkamasi tarkibiy bo‘linmalariga rahbar xodimlar tayinlandi
Hukumat qarori bilan Vazirlar Mahkamasining tarkibiy bo‘linmalariga rahbar xodimlar tayinlandi.
Xamdam Kurbanbayevich Berdibayev - Harbiylashtirilgan tuzilmalar faoliyatini moliyaviy va moddiy-texnik ta'minlash bo‘limining mudiri etib;
Zoxidjan Muratovich Ziyayev - Telekommunikatsiyalar, IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini ta'minlash masalalari kotibiyati mudirining o‘rinbosari etib;
Davron Narimovich Kalandarov - Yuridik ta'minlash boshqarmasining boshlig‘i etib;
Alisher Ilxamboyevich Bekchanov - Yuridik ta'minlash boshqarmasi Huquqiy ekspertiza bo‘limining mudiri etib;
Abdugani Mamatovich Qaraxanov - Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish bo‘limining mudiri etib;
Asliddin Rashidovich Bazarov - Vazirlar Mahkamasi Nazorat va ijro intizomi bo‘limining mudiri etib tayinlandi.
Eslatib o‘tamiz, yanvar oyida O‘zbekiston Prezidenti “O‘zbekiston Respublikasi Hukumati ishini tashkil etishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi qarorni imzolagandi.