20:50 / 13.02.2019
43909

«O‘zbekiston temir yo‘llari» chipta narxini oshirdi

Joriy yil 1 martdan boshlab, «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ Afrosiyob tezyurar poyezdlaridan tashqari barcha mahalliy yo‘nalishda qatnovchi yo‘lovchi poyezd chiptasining narxini oshirishni bildirdi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar bermoqda. 

Ma'lum qilinishicha, «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ 2019 yilning 1 martidan boshlab chipta narxi, mahalliy qatnovlarda yuk tashish tariflarini 20 foizga oshiradi.

«O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati 2019 yilning 1 martidan boshlab «Afrosiyob» tezyurar poyezdlaridan tashqari barcha mahalliy yo‘nalishlarda qatnovchi yo‘lovchi poyezdlar chiptalarining narxi 20 foizga oshishini ma'lum qiladi.

Bu o‘z navbatida har kuni sarflanib kelinayotgan elektr energiya, xomashyolar, harakatlanish davomida vujudga keladigan barcha xarajatlarni qoplash va poyezdda xizmat ko‘rsatuvchi barcha xodimlarga munosib ish haqini to‘lashga zamin yaratadi. Narxlarni tartibga solish o‘z navbatida poyezd yo‘nalishlar soni ko‘payishiga olib keladi va ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan yo‘nalishlarni doimiy ravishda ta'minlab turadi», deyilgan AJ matbuot xizmati xabarida.

Afrosiyob poyezdi chipta narxi bu gal o‘zgarishsiz qoladi. Shunga qaramay, barcha yo‘nalishdagi boshqa poyezdlar xizmatidan foydalanish qimmatlashdi.

 

Top