O‘zbekiston uchun tojik elektr energiyasi narxi oshishi mumkin
Tojikiston va O‘zbekiston elektr energiya kompaniyalari kelayotgan bahor-yoz mavsumida tojik elektr energiyasining O‘zbekistonga yetkazib berilishi bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda Asia-Plus nashri xabar berdi.
“O‘zbekistonlik hamkasblar bilan bu masalada muzokaralar olib borilmoqda. Mavjud masalalar ikki davlat delegatsiyalarining navbatdagi uchrashuvida hal qilinishi va tegishli kelishuv imzolanishi kutilmoqda”, deb aytgan “Barqi tochik” energetika kompaniyasi rahbari o‘rinbosari Madumar Asozoda.
Uning ta'kidlashicha, barcha tomonlar O‘zbekiston tojik elektr energiyasini sotib oladigan narx bo‘yicha kelishishmoqda.
“Barqi tochik” rahbari Mirzo Ismoilzodaning ta'kidlashicha, Tojikiston joriy yilda o‘z elektr energiyasi uchun o‘tgan yilga nisbatan yuqoriroq narx taklif qilmoqda.
O‘tgan yil O‘zbekiston tojik elektr energiyasining har bir kilovatti uchun 2 sent to‘lagan. Shu bilan birga Tojikistonda elektr energiya narxi o‘rtacha 17 diram (1,8 sent), tannarxi esa 16 diramni (1,7 sent) tashkil qilgan.
Asozodaning aytishicha, joriy yilda O‘zbekistonga 1,6 mlrd kVt-soat, ya'ni 2018 yildagiga nisbatan deyarli 200 mln kVt-soat ko‘proq elektr energiya yetkazish rejalashtirilmoqda.
2018 yilda O‘zbekistonga 1 mlrd 480 mln kVt-soat elektr energiya yetkazib berilgan.
Tojikiston 9 yillik tanaffusdan keyin 2018 yil aprelidan O‘zbekistonga elektr energiya yetkazib berishni qayta boshlagandi.
Mavzuga oid
19:32 / 07.11.2024
Tramp O‘zbekiston bilan munosabatlarni qanday olib boradi?
17:48 / 06.11.2024
«O‘zbekiston qit’alarimiz chorrahasida joylashgan va global aloqalarimiz markazida bo‘lishi lozim» - Ursula fon der Lyayyen
21:49 / 04.11.2024
O‘zbekistonliklar 2024 yilda Qozog‘istonda eng ko‘p pul sarflagan xorijliklar qatoriga kirdi
19:32 / 31.10.2024