Samarqandda yirik tadbirkor Umar Rajabov va uning o‘g‘li qamoqqa olindi

Samarqand shahrida ko‘p yillardan buyon tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanib kelgan, 1990-yillarda «Umarbank» xususiy tijorat bankiga asos solgan, keyingi yillarda «Umar» qurilish kompaniyasiga rahbarlik qilgan yirik tadbirkor Umar Rajabov qamoqqa olindi.
Kun.uz manbasi ma'lumotiga ko‘ra, Umar Rajabov bilan birga uning o‘g‘li Ruslanbek Rajabov hamda kompaniya tarkibidagi ikkita qurilish firmasining rahbarlari Shavkat Obloqulov va Fayzullo Fayziyev Samarqand viloyat prokuraturasi tomonidan ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olinib, ularga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Ushbu holat yuzasidan viloyat prokuraturasi hozircha rasmiy ma'lumot bermadi. Shuningdek, viloyat IIBda ham bu haqda rasmiy ma'lumot yo‘q.
Manbaning ma'lum qilishicha, «Umar» kompaniyasi tomonidan qurilgan uylar Samarqandning tarixiy qismida, YuNeSKO muhofazasidagi hududda joylashgani tufayli buzilishi boshlangach, bu uylarga oldindan buyurtma berganlar pullarini qaytarishni talab qila boshlagan. Umar Rajabov va uning xodimlari ana shunday shikoyat xatlari asosida qo‘lga olingan hamda ularga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi («Firibgarlik») bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ma'lumot uchun, «Umar» kompaniyasi 2016 yilda Samarqandning Mironshoh ko‘chasida ko‘p qavatli uy qurilishini boshlagandi. 2018 yilning iyunida YuNeSKO bu qurilishga e'tiroz bildirgan, o‘z navbatida Samarqand shahri hokimligi ham uy buzilishi to‘g‘risida qaror chiqargandi.

Foto: Murat Sarsenov / Facebook
Hokimlik ma'lumotiga ko‘ra, tadbirkorga Samarqand shahrining avvalgi hokimi Vohid Sanaqulovich Rahimov tomonidan imzo chekilgan (u 2017 yilning avgustida ishdan olingan) qaror bilan Mironshoh ko‘chasida 2 qavatli savdo markazi qurishga ruxsat berilgan. Ammo tadbirkor bu hududda 7 qavatli uy qurishni boshlagan. 2018 yilning iyunida Samarqand shahrining hozirgi hokimi Furqat Rahimov qaroriga asosan binoni buzish ishlari boshlangach, binodagi uylar uchun avvaldan buyurtma qilib, haq to‘lab qo‘ygan mijozlar pullarni qaytarishni talab qila boshlashgan.
Tavsiya etamiz
Chigirtkalar bosqini: Bu ham iqlim bilan bog‘liq muammomi?
O‘zbekiston | 15:49 / 14.05.2025
«Eng kambag‘al prezident» Xose Muxika vafot etdi
Jahon | 08:03 / 14.05.2025
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQShning Kiyevdagi sobiq elchisi: Trampning Ukrainaga bosimi tufayli ketdim
Jahon | 10:11
-
Usta dehqonlarga 100 mln so‘mgacha subsidiya ajratiladi
O‘zbekiston | 09:50
-
Navoiyda vintilyatsiya tarmog‘i orqali oltin o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
O‘zbekiston | 09:47
-
Rossiya va Ukraina Istanbulda asirlarni almashish borasida kelishib oldi
Jahon | 09:43
Mavzuga oid

18:43 / 16.05.2025
Samarqandda maktab o‘quvchilarining janjali ulardan birining o‘limi bilan tugadi

12:02 / 11.05.2025
Samarqanddagi uyda gaz portlashi qurbonlari soni oshdi

15:18 / 09.05.2025
"Ostona–Turkiston–Samarqand" yo‘nalishida yangi aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi

11:48 / 08.05.2025