O‘zbekiston | 23:24 / 13.02.2019
26939
2 daqiqa o‘qiladi

Zamonaviy o‘zbek rahbarlariga nima yetishmayapti? DBA prorektori javob berdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi prorektori Botu Alimov zamonaviy o‘zbek rahbariga ko‘nikma, xususan moslashuvchanlik, yetakchilik fazilatlari yetishmasligini aytdi.. 

«Biz Akademiyada tinglovchilarga bilim berishga emas, balki ularning ko‘nikmasini oshirishga harakat qilamiz. Sababi bizning kontingentimiz rahbar kadrlar hisoblanadi va ular bu dargohga o‘zining bilimi, amaliy tajribasi bilan keladi, ularga qo‘shimcha bilim berish samarasiz hisoblanadi. Shu bois biz ko‘nikma berishga o‘tdik. Akademiyada ta'lim jarayonida 20 dan ortiq interfaol usuldan foydalanamiz. Muassasamizga kelgan rahbarlar bilim emas, ko‘nikma olib ketadi. Biz rahbar kadrlarga o‘zgarishlarga moslashuvchanlik, liderlik sirlari, boshqaruv professionalizmi, tizimli fikrlashni o‘rgatamiz»​, deya prorektor Botu Alimovning so‘zlarini keltirmoqda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi matbuot xizmati.

Davlat boshqaruv akademiyasi boshqaruvda kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, shuningdek, davlat va jamiyat boshqaruvi sohasi bo‘yicha fundamental hamda amaliy-ilmiy tadqiqotlar olib bor​uvchi muassasa hisoblanadi.

Mavzuga oid