Sport | 20:59 / 14.02.2019
25076
1 daqiqa o‘qiladi

Mamayevning qamoqxonadagi kamerasi ko‘rsatildi

Foto: Sport-express

Moskva shahridagi «Butirka» nomi bilan tanilgan 2-son tergov izolyatori rahbariyati jurnalistlarga «Krasnodar» yarimhimoyachisi Pavel Mamayevning kamerasini ko‘rsatdi. Futbolchidan tashqari, unda yana 11 nafar mahbus saqlanmoqda.

Bugun Pavel Mamayev izolyatorda mahbuslar ishtirokida o‘tkazilgan futbol o‘yinida ishtirok etdi. «Zenit» hujumchisi Aleksandr Kokorin esa tizzasidagi og‘riq tufayli o‘yinni o‘tkazib yubordi. Eslatib o‘tamiz, har ikkalasi 2018 yil oktabr oyidan beri bezorilik va qasddan tan jarohati yetkazish jinoyatini sodir etganlikda gumonlanib, hibsda saqlanmoqda.

Foto: RIA Novosti
Foto: RIA Novosti
Foto: RIA Novosti
Foto: RIA Novosti
Foto: Sport-express
Foto: Sport-express

O‘yinda 8:7 hisobi qayd etildi. Mamayev har ikkala jamoa uchun 20 daqiqadan iborat 1 bo‘lim o‘ynab berdi va 7ta gol urdi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid