Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin Trampni va'dasining ustidan chiqayotgani uchun maqtadi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSh qo‘shinlarining Suriyadan olib chiqilishiga izoh berib, AQSh prezidenti Donald Tramp saylovoldi va'dalarini bajarish ustida ancha faol ishlayotganini, bunday holat esa AQShda amalda kam uchrashini aytib o‘tdi.
“AQSh qo‘shinlarining olib chiqilishiga kelsak, AQSh prezidenti saylovoldi va'dalarini bajarish bo‘yicha ancha faol ish olib bormoqda. Bu va'dalardan biri Suriyadan qo‘shinlarning olib chiqilishi bo‘lgan, biroq bu yerda ta'kidlanganidek, ichki siyosiy vaziyat shunday tus oladiki, u [Tramp] oldiga qo‘ygan maqsadlariga har doim ham erisha olmaydi. Keyin nima yuz berishini biz bilmaymiz, ammo bugungi kun shuni aytishimiz mumkinki, hududda katta o‘zgarishlar yo‘q”, deb aytgan Putin Sochidagi Suriya bo‘yicha sammit yakunlari bo‘yicha matbuot anjumanda.
AQSh va uning ittifoqdoshlari 2014 yildan beri Suriya va Iroqda IShIDga qarshi operatsiya o‘tkazib keladi. 2018 yil dekabrda Tramp Suriyadan qo‘shinlarning olib chiqilishini e'lon qilgan. Wall Street Journal nashrining ta'kidlashicha, agar Oq uyning siyosiy yo‘nalishi o‘zgarmasa, qo‘shinlarning katta qismi Suriyadan mart o‘rtasigacha, to‘liq esa aprel oxirigacha olib chiqiladi.
Mavzuga oid
10:56
O‘zbekistonlik haydovchi Amerikada oqibati o‘lim bilan tugagan YTH sodir etdi
08:50
Janubiy Koreya va AQShga noqonuniy migratsiya tashkil etmoqchi bo‘lganlar ushlandi
22:16 / 10.07.2026
Tramp o‘zi o‘ldirilgan taqdirda Eronni «bombalab tashlashni» buyurdi
11:07 / 10.07.2026