19:16 / 15.02.2019
29105
Reklama

Bolalar bilan qayerga borish mumkin: Toshkentda «Bunyodkor park» ochildi (foto, video)

«Bunyodkor park»da turli yoshdagi bolalar uchun 60 dan ziyod noyob attraksionlar o‘rnatildi.

Qishning sovuq kunlarida ob-havo doim ham bizni quvontirmaydi, shuning uchun bolalar bilan odatdagidek parklarda sayr qilish va uy hovlisidagi maydonchalardagi o‘yinlardan voz kechishga to‘g‘ri keladi. Buning evaziga jajji shumtakaga nima taklif qilish mumkin?

Yaqin-yaqingacha turli xaridlarni amalga oshirish paytida savdo nuqtalarida bolalarni qayerda qoldirish mumkinligi muammo edi. Endilikda bolajoningizni bemalol «Bunyodkor park»dagi malakali xodimlarga qoldirib o‘zingiz esa shu binodagi supermarket va kiyim do‘konlardan xaridlarni amalga oshirishingiz mumkin. «Bunyodkor park»da bolajonlar uchun hayratga soladigan attraksionlar, bolalar maydonchasi, mahorat saboqlari, shou-dasturlar tashkil etilgan.

«Bunyodkor park»ning asosiy afzalliklari quyidagilardir:

Qulay manzil

«Bunyodkor park» savdo-ko‘ngilochar markazining uchinchi qavatida, Mirzo Ulug‘bek metro bekatining chiqish qismida joylashgan. Shuningdek, ushbu savdo-ko‘ngilochar markazida supermarket, maishiy texnika do‘koni, kattalar va bolalar uchun butiklar va boshqalar mavjud.

3 pog‘onali bolalar maydonchasi

«Bunyodkor park»dagi bolalar maydonchasi batut, tepaliklar, koptokchali basseyn, setkalar va o‘yin panellari bilan jihozlangan va shahardagi eng ilg‘or maydonchalaridan biridir. Bolalarga g‘amxo‘rlik va mehr bilan qarab turadigan «Bunyodkor park» xodimlari siz xaridlarni amalga oshirayotgan paytingiz bolajonlaringiz vaqtni xursandchilik va xavfsizlikda o‘tkazishini ta'minlaydi. «Bunyodkor park» bu nafaqat bolalar maydonchasi, balki baxtli bolalik olamidir!

Noyob attraksionlar

Toshkentda ilk marotaba turli yoshdagi bolalar va o‘smirlar uchun 60 dan ortiq unikal va zamonaviy attraksionlar bir joyda to‘plandi. Ularning orasida haqiqiy sarguzasht dunyosiga jalb qiladigan virtual ro‘yoda sayohatlarni amalga oshiruvchi mashinalar o‘rnatilgan. 100 dan ortiq virtual olamlar, yolg‘iz va guruhli sayrlar uchun mo‘ljallangan attraksionlarni shahrimiz miqyosida boshqa uchratmaysiz! Yorqin va xavfsiz elektromobillar bilan jihozlangan Toshkentdagi eng katta yopiq avtodrom ham faqat shu yerda.

Maroqli tadbirlar

Qizig‘i shundaki, majmua ichidagi ulkan fud-kort maydonida doimiy ravishda musobaqalar, mahorat darslari, animatorlar bilan qiziqarli tadbirlar muntazam ravishda o‘tkaziladi. Aynan shu yerda unutilmas tug‘ilgan kun va turli bolalar bayramlarini tashkil qilish mumkin. Qiziqarli dasturlar va ajoyib taomlar bunga yordam beradi. Tajribali ustalar va o‘qituvchilar farzandlaringizga ko‘pgina foydali ko‘nikmalarni o‘rgatadilar, bu esa bolajoningizdagi yashirin qobiliyatlarni oshkor qilishga imkon beradi.

Korporativ mijozlar uchun foydali takliflar:

1. Guruh tashrifi kamida 20 kishi;

2. Hisobni 50 000 so‘mga to‘ldirgan holatda 50 000 so‘m bonus;

3. Animatorlar ishtirokidagi turli xil kvestlarni, tanlovlarni, bayramlarni tashkil etish va o‘tkazish;

4. Guruh tashrifi tashkilotchisiga sovg‘a - 50 000 so‘mlik karta;

5. «Bunyodkor park» mijozlarini manzilga yetkazishni tashkil etish imkoniyati. Ushbu aksiya va qulayliklar har kuni 10:00 dan 18:00 gacha amal qiladi.

«Bunyodkor park»: Sizning bolalaringiz yaxshi narsalarga loyiq!

Bizning manzil: Mirzo Ulug‘bek metro bekati, «Bunyodkor» savdo-ko‘ngilochar markazi, 3-qavat.

Telefon: +998909688665

«Bunyodkor park» savdo-ko‘ngilochar markazining yangiliklari va aksiyalarini ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida kuzatib borishingiz mumkin:

Instagram: www.instagram.com/bunyodkor2018

• Telegram: t.me/park_bunyodkor

• Facebook: www.facebook.com/TCBunyodkor

 

Reklama huquqi asosida

Top