Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Elektr energiyasi hisoblagichlarini ishlab chiqaruvchilar QQSdan ozod etildi
O‘zbekiston prezidenti “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
Hujjat respublika miqyosida elektr energiyasi nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish doirasidagi xarid tartib-taomillarida mahalliy ishlab chiqaruvchilarning maksimal ishtirokini ta'minlash maqsadida qabul qilindi.
Qaror bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga quyidagi o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritilmoqda:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 noyabrdagi “Elektr energiyasi va tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini jadal joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3384-son qarori 9-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb topildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 23 oktyabrdagi “Elektr energetikasi tarmog‘ini jadal rivojlantirish va moliyaviy barqarorligini ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3981-son qarori 4-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirildi:
“Elektr energiyasini hisoblash qurilmalarini mahalliy ishlab chiqaruvchilar 2022 yil 1 yanvarga qadar ushbu qaror doirasida “O‘zbekenergo” AJ bilan tuzilgan shartnomalar bo‘yicha yetkazib beriladigan elektr energiyasini hisoblash qurilmalari va qo‘shimcha asbob-uskunalarni ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan butlovchi qismlar, xomashyo va materiallarni olib kirganlik uchun bojxona to‘lovlari (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlar bundan mustasno), shuningdek, mazkur elektr energiyasini hisoblash qurilmalari va qo‘shimcha asbob-uskunalarni sotishda qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lashdan ozod etilsin”.
Mavzuga oid
17:36 / 26.05.2026
Gaz va elektr energiyasi uchun oldindan to‘lov qilinganda 2 oy eski tariflar amal qiladi
13:18 / 15.05.2026
1 iyundan elektr energiyasi va tabiiy gazning yangi tariflari joriy etiladi
21:41 / 05.05.2026
Qozog‘iston 2027 yilda Rossiyadan elektr energiyasi olishni to‘xtatadi
12:57 / 07.04.2026