2019 yilning yanvar oyida respublika korxonalari tomonidan 22,1 trln. sömlik sanoat mahsulotlari işlab çiqarilgan bölib, ötgan yilning tegişli davriga nisbatan sanoat işlab çiqariş indeksi 6,9 %ni taşkil etdi. Bu haqda Davlat statistika qömitasi xabar bermoqda.
Jami sanoat işlab çiqariş hajmi ösişining asosiy omili bölib, toğ-kon sanoati va oçiq konlarni işlaş – 5,3%ga, işlab çiqaradigan (qayta işlaş) sanoat - 7,5%ga, elektr, gaz, buğ bilan ta'minlaş va havoni konditsiyalaş - 4,2%ga va suv bilan ta'minlaş, kanalizatsiya tizimi, çiqindilarni utilizatsiya qiliş – 13,5%ga ösişi hisoblanadi.
Toğ-kon sanoati va oçiq konlarni işlaş korxonalari tomonidan 2019 yilning yanvar oyida işlab çiqarilgan mahsulotlar hajmi 4,1 trln. sömni yoki jami işlab çiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmining 18,7%ni taşkil etdi.
2019 yilning yanvar oyida işlab çiqaradigan sanoat korxonalari tomonidan işlab çiqarilgan mahsulotlar hajmi 15,8 trln. sömni yoki jami sanoat mahsulotlarining 71,2%ini taşkil etdi.
Elektr, gaz, buğ bilan ta'minlaş va havoni konditsiyalaş korxonalari tomonidan işlab çiqarilgan mahsulotlar hajmi 2,0 trln. sömni (jami işlab çiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmining 9,2%ni) taşkil etdi.
Suv bilan ta'minlaş, kanalizatsiya tizimi, çiqindilarni utilizatsiya qiliş korxonalari tomonidan işlab çiqarilgan mahsulotlar hajmi 197,6 mlrd. sömni (jami işlab çiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmining 0,9%ni) taşkil etdi.
Tayyor mahsulotlar turlarini kengaytiriş va işlab çiqarilişini qöllab-quvvatlaş böyiça amalga oşirib kelinayotgan çora-tadbirlar natijasida iste'mol tovarlar işlab çiqariş hajmi 6,1 trln. sömni taşkil etdi va 2018 yilning yanvar oyiga nisbatan 18,4%ga ösişni ta'minladi, jami sanoatdagi uluşi esa 27,6%ni taşkil etdi.
Hisobot davrida xorijiy investitsiyalar iştirokidagi korxonalar tomonidan 7,8 trln. sömlik mahsulot işlab çiqarildi. Hisobot davrida xorijiy investitsiyalar iştirokidagi korxonalarning umumiy işlab çiqarişdagi uluşi 35,1%ni taşkil etdi.
Respublika sanoat işlab çiqariş hajmi tarkibida eng köp Toşkent viloyati (respublika sanoat işlab çiqariş hajmning 15,8%), Toşkent şahri (14,3%), Navoiy (14,3%), Andijon (10,2%), Qaşqadaryo (7,1%) va Farğona (5,8%) viloyatlari hissasiga töğri kelmoqda.
Aholi jon boşiga sanoat mahsulotlari işlab çiqarişning tabaqalanişi tahlili Navoiy viloyatida (3267,4 ming söm), Toşkent şahrida (1273,8 ming söm), Toşkent (1216,1 ming söm) va Andijon (740,0 ming söm) viloyatlarida örtaça respublika darajasi körsatkiçidan (671,8 ming söm) ança yuqoriligini körsatmoqda. Respublika böyiça aholi jon boşiga iste'mol tovarlari işlab çiqarilişi 185,2 ming söm bölgani holda Andijon viloyatida 567,3 ming sömni, Toşkent şahrida 491,6 ming sömni, Navoiy viloyatida 173,4 ming sömni, Toşkent viloyatida 165,6 ming sömni va Sirdaryo viloyatida 164,6 ming sömni taşkil etdi.
Hisobot davrida kiçik tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan 5,9 trln. sömlik mahsulot işlab çiqarildi. Hisobot davrida kiçik korxonalarning umumiy işlab çiqarişdagi uluşi 26,5%ni taşkil etdi.
Hududlar kesimida kiçik biznesning sanoat mahsulotlari işlab çiqarişdagi eng yuqori uluşi Toşkent şahrida (jami sanoat mahsulotlari işlab çiqarişdagi uluşi 73,0%), Namangan (58,7%), Jizzax (50,1%), Samarqand (43,3%), Surxondaryo (36,4%), Sirdaryo (34,4%) va Farğona (27,6%) viloyatlarida kuzatildi.
Bugungi kunda respublikada 59,0 mingta sanoat korxonalari faoliyat körsatmoqda, şundan 13,7 mingtasi (mavjud korxonalar umumiy sonining 23,2%) Toşkent şahriga, 6,5 mingtasi (11,0%) Farğona viloyatiga, 6,2 mingtasi (10,5%) - Toşkent viloyatiga töğri kelmoqda.
2019 yil yanvar oyida Respublikada 2424 ta yangi sanoat korxonalari taşkil etildi, ularning 55,1 foizi Toşkent şahri, Buxoro, Toşkent, Samarqand va Farğona viloyatlariga töğri keladi.












