Köp qirrali Özbekiston—Finlandiya hamkorligini rivojlantiriş masalalari körib çiqildi. Faol siyosiy va parlamentlararo aloqalar mamnuniyat bilan qayd etildi.

Yangi iqtisodiy kun tartibini şakllantiriş uçun metallurgiya, elektrotexnika, kimyo, telekommunikatsiya va boşqa sohalarda sanoat kooperatsiyasini rivojlantiriş dasturini tayyorlaş taklif etildi.

Şu ma’noda, 2025 yil yanvar oyida Helsinki şahrida bölib ötadigan Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yiğilişi va biznes forumiga puxta tayyorgarlik köriş muhimligi ta’kidlandi.

Ta’lim va ekologiya sohasidagi almaşinuvlarni mustahkamlaş, şu jumladan BMTning Orolböyi uçun trast jamğarmasi faoliyatida Finlandiyaning faol iştirok etişi istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi.

Bölajak oliy darajadagi uçraşuvlar rejasi körib çiqildi.