Abdulaziz Komilov: Markaziy Osiyodagi yaqinlashuv jarayoni hech kimning manfaatlariga qarshi qaratilmagan
Toshkentda «Markaziy Osiyoda o‘zaro mushtaraklik: tahdidlar va yangi imkoniyatlar» mavzusidagi xalqaro konferensiya o‘z ishini boshladi. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov unda nutq so‘zladi.
Komilovning aytishicha, Markaziy Osiyo noyob geostrategik joylashuvga ega bo‘lib, ming yillar davomida Yevropa, Yaqin Sharq, Janubiy va Sharqiy Osiyoni bir-biriga bog‘lovchi ko‘prik bo‘lgan.
«Bizning mintaqamiz ulkan energetik va mineral resurslar, madaniy-tsivilizatsion, eng muhimi, katta inson salohiyatiga ega. Shu bilan birga, yetakchi global kuchlarning manfaatlari Markaziy Osiyoda kesishadi. Mintaqa xalqaro terrorizm, ekstremizm va narkobiznes tahdidlarining ta'siriga uchraydi, u yirik beqarorlik markazlariga yaqin joylashgan. O‘nlab yillar davomida Afg‘oniston mojarosi - davrimizning eng murakkab muammolaridan biri yechimsiz qolmoqda.
Shu munosabat bilan biz dolzarb masalalarga duch kelmoqdamiz: mintaqamiz qay darajada barqaror bo‘ladi? Mintaqaviy hamkorlik qanday rivojlanadi? Qanday umumiy chaqiriqlar bizni kutmoqda? Ushbu savollarga javoblar Markaziy Osiyo davlatlarining tinchligi va farovonligi yo‘lida keyingi hamkorlik uchun asosiy mintaqaviy muammolar hamda ustuvorliklarni aniq belgilashga kerak.
So‘nggi paytlarda Markaziy Osiyo rivojlanishning ijobiy dinamikasini namoyon etmoqda. Mintaqaviy hamkorlik barcha sohalarda kengaymoqda. Muntazam ravishda ichki mintaqaviy eng dolzarb muammolar - xavfsizlik, davlat chegaralari va suvdan foydalanish masalalari hal qilinmoqda.
Mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash - obektiv, barqaror va qaytarilmas tendensiya. U mintaqadagi barcha mamlakatlarning qat'iy siyosiy irodasiga asoslangan va chuqur tarixiy asosga ega. Bugun Markaziy Osiyoning barcha mamlakatlari mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishga hissa qo‘shib, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va barchamiz uchun dolzarb muammolarni hal qilish tashabbusi bilan chiqyapti.
Men Markaziy Osiyodagi yaqinlashuv jarayoni hech kimning manfaatlariga qarshi qaratilmaganini ta'kidlamoqchiman. Aksincha, mintaqaviy hamkorlikka sarmoya kiritish Markaziy Osiyoning barqaror va farovon mintaqa sifatida shakllanishiga yordam beradi, demak u ishonchli xalqaro hamkor bo‘ladi», - dedi Abdulaziz Komilov.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq TIV Toshkentda rejalashtirilayotgan xalqaro konferensiya qanday shaklda bo‘lishini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
20:54 / 11.11.2024
Qozog‘iston bahorda Markaziy Osiyo davlatlaridan 11 milliard kub metr suv oladi
16:34 / 08.11.2024
Rossiya Markaziy Osiyoning barqaror rivojlanishini istaydi - Putin
15:42 / 30.10.2024
Ma’lumotlar “kaft ustida” bo‘lsa, to‘g‘ri qaror chiqarish ehtimoli ortadi – Toshkentda ma’lumotlarni boshqarish mavzusida konferensiya bo‘lib o‘tdi
22:15 / 25.10.2024