Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
TIV Toshkentda rejalashtirilayotgan xalqaro konferensiya qanday shaklda bo‘lishini ma'lum qildi
Foto: TIV axborot xizmati
Tashkiliy qo‘mita ma'lumotlariga binoan, 2019 yil 15 fevral holatiga ko‘ra 130 ga yaqin xorijiy ekspertlar 19-20 fevral kunlari bo‘lib o‘tadigan «Markaziy Osiyoda o‘zaro mushtaraklik: tahdidlar va yangi imkoniyatlar» mavzusidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etishlarini tasdiqladilar. Bu haqda TIV xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, ular 36 ta mamlakat, 9 ta xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, 71 ta tahliliy tuzilmalar, 18 ta davlat tashkilotlari va parlamentlar vakillari hisoblanadi.
Konferensiya hamtashkilotchisi, Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markaz rahbari Natalya German tadbirda nutq so‘zlashi kutilmoqda.
Forumda, shuningdek, Yevropa ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Piter Burian, Jahon savdo tashkiloti bosh direktorining o‘rinbosari Alan Vulf, AQSh tashqi siyosat kengashi huzuridagi Markaziy Osiyo va Kavkaz instituti raisi Frederik Starr, Xitoy hozirgi xalqaro aloqalar akademiyasi prezidenti Szi Chjiye, Afg‘oniston savdo va sanoat vaziri o‘rinbosari Kamil Siddiqiy va mintaqa muammosiga ixtisoslashgan boshqa nufuzli ekspertlar va tahlilchilar ishtirok etadilar.
Konferensiya plenar va seksion majlislar shaklida o‘tishi rejalashtirilmoqda.
Seksion majlislarda ekspertlar tomonidan Markaziy Osiyoda mintaqaviy xavfsizlik, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, suv va ekologiya, energetika, turizm va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashiladi.
Mavzuga oid
18:38 / 31.01.2026
Yashnoboddagi yong‘inda bir kishi halok bo‘ldi
17:07 / 31.01.2026
Yashnobod tumanidagi Aviator majmuasida yong‘in chiqdi
14:59 / 31.01.2026
Hududiy tengsizlik tashvishli darajaga yetdi. Sabablar nima?
14:12 / 31.01.2026