Bo‘ka tumani hokimi lavozimidan ketdi

Toshkent viloyati Bo‘ka tumani hokimi No‘'monali Izbosarov salomatligi bilan bog‘liq muammolar tufayli egallab turgan vazifasidan ozod qilindi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Izbosarov o‘rniga Bektemir Ibragimov Bo‘ka tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.
Ibragimov 2010-2013 yillarda Toshkent viloyati hokimining qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, shundan keyin 2016 yilga qadar O‘rta Chirchiq tumani hokimi vazifasida ishlagan.
2018 yili 12 oktabr kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatiga tashrifi davomida Bo‘ka tumani hududidagi «Valixon ota» fermer xo‘jaligi dalasida bo‘lib, paxta terimini ko‘zdan kechirgandi. 13 oktabr kuni Toshkent viloyati hokimi farmoyishi asosida 5ta tuman hokimi, xususan Bo‘ka tumani hokimi ham ikki oylik maoshlaridan mahrum qilingan.
Paxta hosilini yig‘ib-terib olish ishlarida yo‘l qo‘ygan kamchiliklari tufayli tuman IIB boshlig‘i Ixtiyor Hasanov ishdan olindi. Shu vaj bilan Bo‘ka tumani prokurori va Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i ham ishdan ketgandi.
Tavsiya etamiz
“Gentra – qorong‘ilik timsoli” – Mirshakar Fayzulloyev
O‘zbekiston | 19:25 / 20.04.2025
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
Orol dengizining qurigan tubi yildan yilga ko‘tarilib borayotgani aniqlandi
O‘zbekiston | 19:14 / 18.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
RF mudofaa vazirligi «Pasxa sulhi» yakunlanganini e’lon qildi
Jahon | 21:01
-
Rossiya IIV maktablardagi migrant bolalarning ro‘yxatini yuritishni boshlaydi
Jahon | 20:45
-
WP: Ilon Mask Hukumat samaradorligi departamentini tark etishga tayyorlanmoqda
Jahon | 20:42
-
Britaniyada siniq guldon 60 ming dollarga sotildi
Jahon | 20:31
Mavzuga oid

08:10 / 24.09.2024
Toshkent viloyatida quyosh fotoelektr stansiyasi qurilishi boshlandi

10:11 / 23.04.2024
Toshkent viloyatida metan-zapravka 1 oyda salkam 2 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

16:00 / 20.03.2024
Toshkent viloyatida qalbaki kosmetika mahsulotlari ishlab chiqargan sex aniqlandi

10:12 / 20.03.2024