Tojikistonlik maktab o‘quvchilari OIVga tekshirilmoqda, kasallanganlar bor
Tojikiston maktab o‘quvchilarini OIVga tekshirish davomida kasallangan o‘quvchilar qayd qilingan, biroq aniq natijalar hozircha ma'lum qilinmaydi. Bu haqida Respublika OITS profilaktikasi va unga qarshi kurashish markazi direktori o‘rinbosari Dilshod Sayburxonov xabar bergan, deyiladi news.tj saytida.
"Gap yuz minglab kishilarni tekshirish haqida borganda, albatta, kasallangan kishilarni aniqlash holatlari qayd etiladi. Bizda dastlabki ma'lumotlar bor, ammo hozircha ularni oshkor eta olmaymiz. OIV aniqlangan bolalar uch bosqichli tekshiruvdan o‘tishlari kerak. Shundan keyingina xulosa qilishimiz va natijalarni e'lon qilishimiz mumkin", - deydi u.
Sayburxonovning so‘zlariga ko‘ra, ota-onalar o‘rtasida tushuntirish ishlari o‘tkazilgani sabab tekshiruv muddati 15 martgacha uzaytirilgan.
"Bunday keng ko‘lamli tekshiruvlar Tojikistonda birinchi marta o‘tkazilmoqda, shuning uchun bunga hamma ham tayyor emas. Biz 15 fevralgacha tekshiruvni tugatishni rejalashtirgan edik, biroq ulgurmadik. Aholi o‘rtasida ko‘plab tushuntirish ishlarini olib bordik, ota-onalar tekshiruv ahamiyatini to‘g‘ri tushunishlari uchun ularni tayyorladik. Biz Ta'lim va ilm-fan vazirligiga xat yozib, muddatni uzaytirishni so‘radik", - deydi u.
Manbada ta'kidlanishicha, Dushanbe, Tursunzoda va Kulob shaharlarida jami 118 719 o‘quvchini tekshirish rejalashtirilmoqda. Necha nafar ota-ona o‘z farzandida OIV tekshiruvi o‘tkazilishidan bosh tortganiga aniqlik kiritilmagan.
Mavzuga oid
19:32 / 31.10.2024
Tojikiston prezidenti ijtimoiy tarmoqlardagi «layk» uchun odamlarni ta’qib qilmaslikni talab etdi
14:16 / 31.10.2024
Tojikistonda Counter Strike va GTA videoo‘yinlarini taqiqlash taklif qilindi
13:50 / 22.10.2024
Olimlar OIV bilan kasallangan odamlar o‘rtasida buyrak ko‘chirib o‘tkazish xavfsizligini isbotladi
15:00 / 19.10.2024