O‘zbekistonlik qiz bilan nikoh qurish koreyalik erkaklarga qimmatga tushmoqda
Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik kelin bilan turmush qurish mahalliy erkaklar uchun nisbatan qimmatga tushishi ma'lum bo‘ldi. Janubiy Koreya Oila va gender tengligi vazirligi tarqatgan ma'lumotga ko‘ra, bunday bir nikoh koreyaliklar uchun 18,3 million von yoki 22 ming AQSh dollariga tushadi.
Ma'lum qilinishicha, Janubiy Koreyada qariyb 30 yildan beri kamayib borayotgan qishloq aholisini ko‘paytirish hukumat kun tartibida turgan asosiy masalalardan biri bo‘lib kelmoqda. Koreyaning ayrim shahar hokimiyatlari xorijlik kelinlarga pul to‘lash, to‘y xarajatlarini qoplashga ko‘maklashadi. Qishloq xo‘jaligi va baliqchilik sanoatiga ixtisoslashgan 35dan ortiq ma'muriy birlikda nikoh subsidiyasi mavjud. Xorijlik «qimmat kelinlar» reytingida filippinliklar, kambodjaliklar va vetnamliklar ham bor.
Loyihadan ko‘zlangan maqsad aholining shaharga oqib kelishi va qishloqda yashash xarajatlarini oshib ketishining oldini olishdir. Mahalliy hokimlik har bir nikoh subsidiyasi uchun 3600-12000 AQSh dollari miqdorida mablag‘ ajratishi mumkin.
2009 yili start olgan loyiha davomida qishloq joylarida yashovchi erkaklarning xorijiy yurt fuqarolari bo‘lmish ayollar bilan nikoh qurishi ommalashdi. Janubiy Koreyada vetnamliklar bilan nikoh qurish holatlari ancha ko‘p uchraydi va u barcha nikohlarning 73 foizini tashkil etadi.
Janubiy Koreya Inson huquqlari bo‘yicha milliy komissiyasi tadqiqotlariga ko‘ra, xorijlik kelinlarning 40 foizi turmushida maishiy zo‘ravonliklarga duch kelgan, 68 foizi esa jinsiy zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan. Bunga nikoh quruvchilarning yoshdagi katta farqi asosiy sabab sifatida keltiriladi.
2017 yili e'lon qilingan statistik ma'lumotga ko‘ra, Janubiy Koreyada 62 mingdan ziyod o‘zbekistonlik yashaydi.
Mavzuga oid
17:50 / 30.12.2024
Janubiy Koreyada tergov guruhi prezident Yun Sok Yolni hibsga olish uchun order so‘radi
20:25 / 29.12.2024
Janubiy Koreyada samolyot halokati tufayli bir haftalik motam e’lon qilindi
07:34 / 29.12.2024
Janubiy Koreyada yo‘lovchi samolyot halokatga uchradi
10:38 / 28.12.2024