«Humo» arenasi tayyor bo‘lmoqda. Bu yerda Navro‘z bayrami tantanalari o‘tkazilishi mumkin

Toshkentdagi «Humo arena» ko‘p funksiyali sport majmuasi shu yilning mart oyida ochilishi va unda Navro‘z bayrami tantanalari bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyevga asoslanib, Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
«Humo Arena» haqiqatan ham xalqaro standartlarga javob beradi. Bu yerda turli sport musobaqalarini o‘tkazish mumkin. Rahbarimiz (Prezident nazarda tutilmoqda - tahr.), nasib bo‘lsa, Navro‘z bayramini o‘sha yerda nishonlaymiz, deganlar. Arena shunday tadbirlar uchun ham mo‘ljallangan», – degan Dilmurod Nabiyev bugun vazirlikda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida.
Majmuaning mart oyida foydalanishga topshirilishini hafta boshida Kun.uz muxbiri bilan suhbatda bo‘lgan Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov ham tasdiqlagan edi.
Eslatib o‘tamiz, Afrosiyob va Beshyog‘och ko‘chalari kesishuvidagi 9 gektar maydonda qurilish ishlari 2017 yilning fevralida boshlangan edi. Majmua o‘lchamlari 60×30 metr bo‘lgan ikkita - asosiy va mashq muz arenalaridan iborat bo‘lib, 4 qavatli bino umumiy maydoni 74 ming kvadrat metrni, balandligi esa 36 metrni tashkil etadi.
Muz saroyi 12,5 ming o‘tirish joylariga ega va konsert zali sifatida o‘n ming, sport musobaqalar o‘tkazish zali sifatida esa 14 ming tomoshabinga mo‘ljallangan. Asosiy binoda 300 o‘rinlik mashq arenasi ham loyihalashtirilgan.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston va Polsha Afg‘oniston yo‘nalishidagi hamkorlikni muhokama qildi
O‘zbekiston | 12:21
-
Jinoyat ishlari bo‘yicha Xonobod shahar sudi raisi 30 ming dollar bilan ushlandi
O‘zbekiston | 12:03
-
Ayrim onlayn-platformalarga O‘zbekiston hududida kirish tezligi sud qarori asosida pasaytirilishi mumkin
O‘zbekiston | 12:00
-
AQSh va Xitoy Jyenevadagi muzokaralar ijobiy yakun topganini e’lon qildi
Jahon | 12:00
Mavzuga oid

21:36 / 11.10.2024
Toshkentda birinchi marta KXL o‘yini o‘tkaziladi

20:30 / 13.09.2024
«Humo Arena» oldidagi ko‘chalarda avtomobillar harakati cheklanadi

22:59 / 22.11.2019
Habib Nurmagomedov: «UFC bilan kelishilsa, «Humo arena»da jang o‘tkazishga roziman»

09:56 / 24.04.2019