O‘zbekiston «Gazprombank»ning 300 million dollarlik kreditini jalb qilmoqchi

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev neft-gaz va kimyo sanoatini yanada rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish vaqtida «Gazprombank»ning 300 million dollarlik kreditini jalb qilish bo‘yicha topshiriq berdi.
«Energetika va Moliya vazirliklariga «Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasining tozalangan metani negizida sintetik suyuq yoqilg‘i (GTL) ishlab chiqarishni tashkil etish» loyihasi bo‘yicha 2,3 milliard dollarlik xorijiy kreditlarning moliyalashtirish shartlarini belgilash, «Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasining ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish» loyihasi bo‘yicha «Gazprombank»ning 300 million dollarlik kreditini jalb qilish vazifasi yuklatildi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Qayd etish kerakki, shu yilning yanvarida «O‘zbekneftgaz» va «Gazprombank» vakillari o‘rtasida uchrashuv o‘tkazilgan, O‘zbekiston tomoni ushbu kompaniyani ilk yevrobondlarni chiqarishda global muvofiqlashtiruvchilardan biri sifatida tanlagandi.
Fevral oyida esa O‘zbekiston Respublikasi tomonidan JP Morgan – global koordinator hamda qo‘shma bukranner, Citi va Gazprombank – qo‘shma lid-menejyer va bukrannerlar etib tayinlangani ma'lum bo‘ldi.
«Gazprombank» hozircha bu ma'lumot yuzasidan izoh bermadi.
Tavsiya etamiz
“Sirtqi ta’lim yopilsa, hech narsa yo‘qotmaymiz” – mutaxassislar bilan suhbat
O‘zbekiston | 15:26 / 19.05.2025
Trampni siylagan arablar, muzlatilgan savdo urushi va amalga oshmagan “duel” - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 16:04 / 17.05.2025
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh «ixtiyoriy deportatsiya» dasturi bo‘yicha dastlabki migrantlarni chiqarib yubordi
Jahon | 11:15
-
Britaniya, Fransiya va Kanada Isroilga «aniq choralar» bilan tahdid qildi
Jahon | 10:39
-
AQSh Oliy sudi 350 000 venesuelalikning deportatsiya qilinishini ma’qulladi
Jahon | 10:24
-
O‘zbekistonda yana uch davlat fuqarolari uchun vizasiz rejim belgilandi
O‘zbekiston | 10:12
Mavzuga oid

17:42 / 20.12.2024
AQSh Turkiyaga sanksiyalar ostidagi Gazprombank orqali to‘lovlarni amalga oshirishga ruxsat berdi

22:32 / 18.12.2024
AQSh Gazprombank bilan operatsiyalarga vaqtincha ruxsat berdi

18:39 / 14.12.2024
Turkiya AQShdan Gazprombankka qarshi sanksiyalarni yumshatishni so‘radi

13:54 / 12.12.2024