Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nurmagomedov faoliyatidagi ilk boks jangini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rmoqda
UFC’ning yengil vazndagi amaldagi chempioni, rossiyalik Xabib Nurmagomedov o‘zining faoliyatidagi ilk boks jangini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu haqda Rossiya boks federatsiyasi bosh kotibi Umar Kremlev ma'lum qildi.
“Xabib asta-sekin jangga tayyorgarlik ko‘rishni boshladi. U boks taraqqiyoti markazida mashg‘ulot o‘tkazdi. Biz uning boks jangi o‘tkazish borasidagi taklifimizga javob berishini kutmoqdamiz”, deb aytgan Kremlev.
Avvalroq Kremlev Nurmagomedovning faoliyatidagi ilk boks jangi 2019 yil yozda Moskvada bo‘lib o‘tishi mumkinligini ma'lum qilgan. U dog‘istonlik sportchining raqibi kim bo‘lishiga aniqlik kiritmagan.
2018 yil 14 oktyabrda rossiyalik yakkakurashchi amerikalik yengilmas bokschi Floyd Meyvezerga ringda jang qilishni taklif qilgandi.
Mavzuga oid
22:03 / 26.06.2026
Bokschi Usik uchta chempionlik kamaridan voz kechdi
07:17 / 24.05.2026
Shahram G‘iyosov professional boksda ilk bor mag‘lubiyatga uchradi
20:43 / 27.04.2026
Sobiq jahon chempionlari Fyuri va Joshua jang haqida kelishib oldi
00:24 / 02.03.2026