Albatta, qamoqxona öz nomi bilan qamoqxona. Unga tuşgulik qilmasin. Lekin jahonda şunday dahşatli qamoqxonalar borki, ulardagi şaroitlar bilan tanişgan kişi qattiq ta'sirlanadi, hatto u yerlarda saqlanayotgan oğir jinoyatçilarga açinadi ham.

Bu mavzu böyiça turliça ma'lumotlar uçraydi. Qamoqxonadagi örinlar soniga nisbatan mahkumlar soni, ölim körsatkiçi, tasdiğini topgan qiynoqlar va isyonlar kabi körsatkiçlar böyiça reyting quyidagiça köriniş olgan.

10. Rossiya. «Vladimirskiy sentral»

Foto: caak.mn

«Vladimirskiy sentral» Rossiyaning eng yirik qamoqxonasi bölib, u haqida qöşiqlar kuylangan, asarlar yozilgan, filmlar işlangan. Moskvadan 1600 kilometr masofada joylaşgan bu maskanga 1783 yilda asos solingan. Uç asrni körgan bu qamoqxonada juda köplab siyosiy mahbuslar, oğir jinoyatçilar saqlangan va saqlanmoqda. Bu dargohdagi mahkumning örtaça muddati 10 yilga töğri keladi. Köpçilik mahkumlar umrbod qamalişlari ham mumkin. Mahkumlarni qiynoqqa soliş, psixologik ta'sir ötkaziş, zörlaş böyiça nihoyatda köp ma'lumotlar tarqalgan. Ayrim mahkumlar öz qonlari bilan maktublar bitişgan.

9. Venesuela. «La Sabaneta»

Foto: news4.vnay.com

Venesuelaning Marakaybo şahrida joylaşgan bu qamoqxonada 150 mahkumga bir nafargina soqçi töğri keladi. 15 ming kişiga möljallangan bu qamoqxonada 25 mingdan ortiq turli ayblovlar bilan qamalgan jinoyatçilar saqlanadi. Tabiiyki, ularga örinlar yetişmaydi, sanitar ahvol öta abgor, oğir kasalliklar köp tarqaladi. Korrupsiya nihoyatda urçib ketgan, badavlat mahkumlar özlari uçun yetarli şaroit yaratib oladi, kambağallari esa oçlik va xörlikka mahkum.

1994 yilda bu qamoqxonada bir-biri bilan raqobatda bölgan guruhlar töqnaşuvi natijasida 108 kişi şafqatsizlarça öldirilgan.

8. AQŞ. «