Vaşington Guantanamo körfazidagi qamoqxona va harbiy-dengiz bazasini yopişga qaror qildi. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Jyen Psaki ma'lum qildi, deb xabar bermoqda The Hill.
«Menda grafik yöq. Jarayon ketmoqda, bu bizning maqsadimiz», — degan u.
Psakining qayd etişiça, qamoqxonadagi 39 mahbusdan 10 nafari öz vatanlariga repatriatsiya qiliniş huquqiga ega. Yana 17 nafari işni qayta körib çiqişni söraşi mumkin, 10 nafari harbiy komissiyalar nazoratida va ikki nafariga hukm çiqarilgan.
Qamoqxonani yopişga ilk marta sobiq prezident Barak Obama harakat qilgan va 2009 yil yanvarda tegişli farmoyiş çiqargan, ammo respublikaçi kongressmenlarning qarşiligi sababli bu qaror ijro etilmagandi.
2018 yilda AQŞning 45-prezidenti Donald Tramp qamoqxonani saqlab qoliş töğrisida farmon çiqargan.









