«Mahkuma»ning oltinçi soni uçun tanlagan qahramonimiz ham yaqinlar mehrini his qilmay ösdi, mehrsizlik içida yaşadi. Hozir esa tört devor içida farzandi bilan hayot keçirmoqda. Keling, uning taqdir hikoyasiga quloq tutamiz...
«Yelkadoşing bölmasa qiyin ekan..»
«1992 yil Namangan şahrida tuğilganman. Örtahol oiladanman. Akam, men va singlim bor. 2007 yil onam vafot etdi. Dadam boşqa ayolga uylangan. 16 yoşimda turmuş qurib, ikki farzandli böldim. Olti yil yaşab, turli oilaviy muammolar sabab ajraşdim. Farzandlarim hozir dadasi bilan birga yaşaşadi. Keyin ikkinçi marta oila qurdim. Qamoqxonada tuğilgan farzandim ikkinçi turmuşimdan. U bilan rasman ajraşmadik, lekin oradagi munosabat uzilgan, hozir öz oilasi bor.
2016 yil ajraşganimdan keyin ota uyimga qaytdim. Töğrisi, otamning uyiga siğmay, çiqib ketdim. 4 yil özim ijarada yaşadim. U paytda bolalarim erim bilan birga edi. 2018 yilda yana qiz farzandli böldim. Yelkadoşi, yordam beruvçisi bölmasa, ayol kişiga qiyin. Ijarada qölimda bola bilan qiynalganman. Hayotning oğirliklariga çidolmay, jinoyat köçasiga kirib qoldim.
Uçinçi farzandim, 2018 yil tuğilgan qizimni 13 yil farzand körolmagan oilaga berdim. Qizimni tuğuruqxonadan olib çiqayotganda, turmuş örtoğim farzandimning biologik otasi emasligini aytib, yozib bergan. U bu işlarga heç qanday qarşilik qilmagan.
Öşa vaqt oşxonada ofitsiant bölib işlardim. Birinçi turmuş örtoğim bilan rasman ajraşmaganim uçun yolğiz ona sifatida bolamning tuğilgani haqidagi guvohnomasini berişmagan. Şu sabab oşpazimiz qizimni öz nomiga rasmiylaştirdi va çaqaloqni tuğuruqxonadan olib çiqdik. 3 oydan keyin bolamni öz qaramoğiga olgan oila içki işlarga ustimdan arz qilgan. Çunki örtada turgan odam ulardan pul talab qilgan. Şuning ortidan javobgarlikka tortildim».

«Sinov muddati vaqtida xorijga çiqib qöydim»
«2019 yil mart oyida meni 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum etiş böyiça hukm çiqdi. 57-modda bilan jazo yengillaştirildi va 3 yil ozodlikni çeklaş jazosi körinişida imkoniyat berişdi. Lekin baribir ayol kişi ojiza ekan, sinov muddati çeklovini buzib, xorijga çiqib qöydim. Öz aybimga iqror bölib bordim. 2020 yil 17 fevralda menga tayinlangan jazo 5 yil qamoqxonada ötaş tartibi bilan özgartirildi. 2020 yil iyunida Zangiotadagi ayollar koloniyasiga olib kelişdi.










