O‘zbekiston | 10:25 / 26.02.2019
14137
3 daqiqa o‘qiladi

DXSh to‘g‘risidagi qonun loyihasi muhokama uchun e'lon qilindi

Foto: Shutterstock

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida "Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida"gi qonun loyihasi joylashtirildi. Hujjat Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan.

O‘zbekiston Respublikasining davlat-xususiy sheriklik sohasidagi qonunchiligi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga asoslanadi va O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, ushbu Qonun hamda O‘zbekiston Respublikasining boshqa normativ-huquqiy hujjatlaridan iboratdir.

Agar O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan xalqaro shartnomada ushbu Qonunda nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, unda xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.

«Davlat xaridlari to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni normalari xususiy sheriklikni aniqlash, davlat-xususiy sheriklik bitimini tuzish, bajarish va tugatish, shuningdek, davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimga muvofiq tovarlar, ishlar va xizmatlar iste'moli bilan bog‘liq munosabatlarga nisbatan qo‘llanilmaydi.

Ushbu Qonun talablari Qonunning qabul qilinishidan avval O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Hukumati alohida qarorlari qabul qilingan va (yoki) davlat dasturlari asosida amalga oshiriladigan DXSh loyihalariga taalluqli emas,

DXShning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:

O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy o‘sishini va barqaror rivojlanishini rag‘batlantirish;

yangi ijtimoiy infratuzilmani yaratish talabini qondirish;

mavjud ijtimoiy infratuzilmani tiklash, ekspluatatsiya qilish, qo‘llab-quvvatlash;

ijtimoiy infratuzilmaning ishlash va xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish;

davlat xizmatlari sifatini oshirish va ulardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish;

xususiy sektor, jumladan, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish;

davlat va xususiy sektor o‘rtasida xatarlarni samarali va to‘g‘ri taqsimlash;

malaka darajasini oshirish;

ishlab chiqarishda mahalliylashtirish darajasini ko‘paytirish;

infratuzilmani rivojlantirish va davlat xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq tajriba, texnologiya, nou-xaudan foydalanish;

budjet tizimi budjetlaridan samarali foydalanish.

DXSh quyidagi mezonlarga muvofiq bo‘lishi kerak:

uzoq muddatli xarakterga ega;

ijtimoiy infratuzilmani loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, rivojlantirish, boshqarish, ekspluatatsiya qilish, texnik xizmat ko‘rsatishni o‘z ichiga olgan xususiy sherik majburiyatlarni bajarish;

xususiy sherik tomonidan DXSh loyihasini moliyalashtirishni nazarda tutish;

davlat va xususiy sheriklar o‘rtasida xatar hamda mas'uliyatni taqsimlash.

DXSh to‘g‘risidagi shartnomaning amal qilish muddati kamida besh yil bo‘lishi va 49 yildan oshmasligi kerak.

DXSh to‘g‘risidagi bitim tomonlari DXSh to‘g‘risidagi kelishuvda belgilangan holatlarda uning amal qilish muddatini uzaytirishga rozi bo‘lishi mumkin.

Hujjatning to‘liq matni bilan quyida tanishish mumkin.

Mavzuga oid