23:34 / 26.02.2019
16600

«O‘zbekkonsert» direktori Toshkentda jahon yulduzlarining konsertlari o‘tkazilishi haqida fikr bildirdi

26 fevral kuni «O‘zbekkonsert» davlat muassasasi tomonidan so‘z ustalari va qiziqchilar bilan o‘tkazilgan davra suhbatidan so‘ng Kun.uz muxbiri tashkilot rahbari Odil Abduqahhorovdan intervyu oldi.

U jahon yulduzlarining O‘zbekistonda taqdim etayotgan konsertlari to‘g‘risidagi fikrini bildirib o‘tdi.

«O‘zbekistonga kelishini tasavvur ham qila olmaganimiz jahon yulduzlari tekinga konsert taqdim etishyapti.

Bu konsertlarni o‘tkazish tartibi qanday bo‘ladi, Vazirlar Mahkamasining 354-sonli qarorida belgilangan bandga muvofiq, «O‘zbekkonsert» davlat muassasidan yuqorida turuvchi ayrim organlarning maxsus yig‘ilish bayoni asosida konsert dasturlari o‘tkazilishi mumkin.

Xususiy tadbirkorlar tomonidan konsert o‘tkazilgan hollarida biz ssenariylar bo‘yicha e'tirozlarimiz bo‘lsa aytib, faoliyati uchun bir martalik ruxsatnoma beramiz.

2019 yildan homiylik tartibida o‘tkaziladigan konsertlar bo‘yicha ularning aholiga ta'sirini tahlil qilib, tavsiyalar berishni yo‘lga qo‘ymoqchimiz», deydi u.

YouTube

Tas-IX

Mavzuga oid
Top