Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron prezidenti Tashqi ishlar vazirining iste'fosini qabul qilmadi
Eron prezidenti Hassan Ruhoniy mamlakat Tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarifning iste'fosini qabul qilmadi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi vakili Bahrom Qosimiy ma'lumotiga asoslangan holda «Press-TV» telekanali xabar tarqatgan.
«Eron prezidenti ma'muriyati rahbari bugun ma'lum qildiki, iste'fo qabul qilinmagan. Tashqi ishlar vazirining instagramdagi postidan keyin berilgan turli sharhlar va taxminlar asossiz», degan Qosimiy.
Javod Zarif 26 fevral kuni instagramdagi sahifasi orqali lavozimni tark etayotganini yozgandi. U mamlakat fuqarolaridan o‘z faoliyatida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar uchun uzr so‘ragan, jamoasini o‘zi bilan birga ishdan ketishga chaqirgandi.
Javod Zarif Eron tashqi ishlar vazirligiga 2013 yildan beri rahbarlik qilib keladi. Aynan u 2015 yilda Barak Obama prezidentligi vaqtida yadroviy bitimni imzolagan. Keyingi yillarda u jahon arenasidagi taniqli shaxslardan biriga aylangan.
Xalqaro kuzatuvchilarning fikricha, uning iste'fo so‘rashi Eron rahbariyatida konservatorlar hamda islohot tarafdorlari o‘rtasida qizg‘in kurash ketayotganidan dalolat beradi.
Mavzuga oid
09:45
Eronning milliardlab dollarlik mablag‘lari atrofida bahs kuchaydi
09:05
Pokiston: AQSh va Eron kelishuv matni bo‘yicha kelishib oldi
20:03 / 12.06.2026
Eron AQSh bilan kelishuv doirasida tiklanish uchun 300 milliard dollar talab qildi
18:05 / 12.06.2026