Jahon | 19:41 / 27.02.2019
6890
1 daqiqa o‘qiladi

Hindiston bosh vaziri avvalgi hukumatlarni poraxo‘rlikda aybladi 

Hindiston bosh vaziri Narendra Modi Nyu-Dehlida yodgorlik majmuasining ochilish marosimida avvalgi hukumatlar, jumladan Gandi oilasini milliy xavfsizlik tamoyillariga beparvolik qilib, pul yoki pora olish uchun mudofaa bitimlarini amalga oshirganlikda aybladi. 

“Endi bu odamlar hukumatimizni “Rafal” qiruvchi samolyotlari ishi bo‘yicha pora olganlikda ayblashga urinmoqda”, deb qo‘shimcha qilgan siyosatchi.

Hindistonning “Jagran” axborot agentligi ma'lumotiga ko‘ra, Modi Hindiston milliy kongressining avvalgi rahbariyatlarini Hindiston olib borgan turli urushlar qurbonlariga tegishli ravishda hurmat bajo keltirmaganlik va e'tiborsizlik qilganlikda ayblagan.   

“Ular buni ularning fikricha, bundan hech qanday naf olmaganliklari uchun qilmaganlar”, deb qo‘shimcha qilgan Hindiston bosh vaziri. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid