Jamiyat | 20:30 / 27.02.2019
16734
6 daqiqa o‘qiladi

«Yordam so‘rash juda og‘ir, lekin bolam uchun majburman». Ona oqqonga chalingan farzandi uchun ko‘mak so‘ramoqda

Xabaringiz bor, Kun.uz jamoasi Toshkent shahrida joylashgan Gematologiya va qon quyish ilmiy-tekshirish institutidagi ko‘makka muhtoj insonlar holidan xabar olib kelmoqda. Bu safar ham oqqonga chalingan bemorlarning shifokori va yaqin qarindoshlari bilan bog‘landik. Ularning holidan xabar olish va sharoitini o‘rganish maqsadida kasalxonaga tashrif buyurdik. Bemor bolajonlar va ularning ota-onalari bilan birma-bir suhbatlashdik.

Video: Mover (tas-ix)

Video: Youtube

Birinchi bemorimiz Andijon viloyati Jalaquduq tumanida istiqomat qiluvchi 16 yoshli Ismatillo Abdupattayev. Oqqon tashxisi bilan xastalangan Ismatillo hozirda 4-bosqich muolajalarini olmoqda. Dorilarning qimmatligi tufayli oila ancha qiynalib qolgan. Davolanishni davom ettirish uchun Ismatilloga yordam kerak. U yaxshilar ko‘magiga muhtoj.

+99891 492 35 15 – Bo‘riboyeva Mahbuba (onasi)

Bo‘riboyev Ibrohimjon (otasi) nomiga ochilgan plastik kartochka:

Click/PayMe: 8600 0423 8436 9178

MFO: 00040

INN: 200269284

Naqd pul topshirganda: 23116000800000040001

Mijoz arizasiga asosan kartadan kartaga pul o‘tkazganda: 23118000400000040500

Boshqa tashkilotlardan kelib tushgan mablag‘lar tranziti: 23120000200000040001

Keyingi bemorimiz Muhammadaliyev Hasanjon. U 2016 yil Namangan viloyati Namangan tumanida tug‘ilgan. Oqqon xastaligiga chalingan Hasanjon hozirda 3-bosqich dorilarini kunduzgi bo‘limda olyapti. Onasi Gulnoza Sobirovaning ta'kidlashicha, dorilarni yetkaza olmayapti, qo‘ni-qo‘shnilardan qarz bo‘lib qolgan. Turmush o‘rtog‘i ham tayinli ishda ishlamaydi. Hozirda 3 yoshli Hasanjon yaxshilar yordamiga muhtoj. Hasanjonning oilasi saxovatpesha insonlar uchun doim duoda.

+99894 152 18 93 - Gulnoza Sobirova (onasi)

Sobirov G‘ayrat (otasi) nomiga ochilgan plastik kartochka:

Click/PayMe: 8600 0417 8049 5603

MFO: 00394

INN: 201 200 124

Naqd pul topshirganda: 2311 6000 6000 0039 4001

Mijoz arizasiga asosan kartadan kartaga pul o‘tkazganda: 2311 8000 4000 0039 4001

Boshqa tashkilotlardan kelib tushgan mablag‘lar tranziti: 2312 0000 9000 0039 4001

Navbatdagi bemorimiz jajjigina qizaloq – 9 yoshli Shopo‘latova Shahrizoda. Navoiy viloyati Xatirchi tumanida tug‘ilgan. Onasi Ravshanova Xurshidaning aytishicha, hozirda dori-darmonlarga juda qiynalib qolishgan. Shahrizoda yaxshilar yordamiga muhtoj.

+99893 464 52 24 - Ravshanova Xurshida (onasi)

Click/PayMe: 8600 0417 4471 2465

MFO: 00394

INN: 201 200 124

Naqd pul topshirganda: 2311 6000 6000 0039 4001

Mijoz arizasiga asosan kartadan kartaga pul o‘tkazganda: 2311 8000 4000 0039 4001

Boshqa tashkilotlardan kelib tushgan mablag‘lar tranziti: 2312 0000 9000 0039 4001

Keyingi bemorimiz Abrorjon Haydarov. U 2003 yil Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanida tug‘ilgan. Abrorjon hozirda 7-bosqich muolajalarini olyapti. Abrorjon davolanishni tugatay degan vaqtda kasallik qaytalanib qolgan. Onasi Munojot Haydarovaning aytishicha, ko‘p yillardan beri davolanishlari sababli dorixonalardan 5 mln so‘mdan ortiq qarz bo‘lib qolgan. Hozirda Abrorjon ham yaxshilar yordamiga muhtoj.

+99890 118 34 66 - Munojot Haydarova (onasi)

Click/PayMe: 8600 0609 0928 9580

MFO: 00775

INN: 200 587 435

Boshqa tashkilotlardan kelib tushgan mablag‘lar tranziti: 2312 0000 400000 775100

So‘nggi bemorimiz Jizzax viloyati Zarbdor tumanidan kelgan 5 yoshli Abdurashidov Farrux. Farrux 3-bosqich muolajalarini olyapti. Oilaning moddiy sharoiti og‘ir, dori-darmonga esa ko‘p miqdorda mablag‘ kerak. Onasi Mallayeva Nigoraning ta'kidlashicha, turmush o‘rtog‘i oddiy ishchi. Oladigan maoshi esa hech narsaga yetmayapti. Farrux yaxshilarning ko‘magiga muhtoj.

+99894 577 58 87 – Mallayeva Nigora (onasi)

Abdusamatov Abduqayum (otasi) nomiga ochilgan plastik kartochka:

Click/PayMe: 8600 0423 8246 7438

MFO: 00125

INN: 201357664

Naqd pul topshirganda: 23116000700000125001

Mijoz arizasiga asosan kartadan kartaga pul o‘tkazganda: 23118000500000125001

Boshqa tashkilotlardan kelib tushgan mablag‘lar tranziti: 23120000100000125001

Aziz saxovatpesha yurtdoshlar! Taqdirning achchiq sinoviga sabr qilayotgan bu bolajonlarimizdan yordamimizni ayamaylik! Ular bizning moddiy va ma'naviy yordamimizga muhtoj. Qo‘limizdan kelguncha, imkoniyatimiz yetgunicha bu insonlarga ko‘mak beraylik. Zero, har bir qilingan savob ish javobsiz qolmaydi. Qiladigan yaxshiliklaringiz oxiratda o‘zingizga soyabon bo‘lsin.

Rahmatillo Isroilov tayyorladi.


Hurmatli "UZCARD" kartochka egalari! "UZCARD" tizimi sizni ogohlantiradi!

Hech kimga va har qanday vaziyatda plastik kartangizga taalluqli ma'lumotlarni, ayniqsa telefon raqamingizga kiruvchi SMS xabarlarni (masalan, To'lovni tasdiqlash kodi: 123456. Kodni hech kimga bermang" yoki "Kod oplati. Nikomu ne soobshayte etot kod. 123456") oshkor qilmang. Sizga yordam pulini plastik kartochkasidan o‘tkazib berayotgan noma'lum shaxs telefon orqali murojaat qilib mobil telefoningizga kelib tushayotgan SMS — kodlar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni bilmoqchi bo‘layotganini sezgan bo‘lsangiz, bilingki ushbu shaxs firibgarlik yo‘li bilan kartochka hisob raqamingizdagi pul mablag‘larini o‘g‘irlashga urinmoqda. Agar karta hisob raqamingizdan pul mablag‘lari o‘g‘irlanayotganini sezgan bo‘lsangiz darhol kartochkangizni olgan bankingizga kartani bloklash uchun murojaat qilishingiz yoki ushbu amaliyotni bevosita o‘zingiz mobil yoki veb ilovada bajarishingiz mumkin.

Mavzuga oid