AQSh Venesuelaga bostirib kirishga tayyorlanmoqda – Patrushev
Rossiya xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev “Argumenty i Fakty” gazetasiga bergan intervyusida Vashington Venesuelaga harbiy intervensiyani tayyorlayotgani va operatsiyaga tayyorgarlik ko‘rish uchun Puerto-Rikoga maxsus kuchlarini yo‘naltirayotganini ma'lum qildi. Bu kuchlarning maqsadi Venesuelaning amaldagi prezidenti Nikolas Maduroni hokimiyatdan ag‘darishdan iborat.
Patrushevning aytishicha, Venesuelaga gumanitar yordam ko‘rsatishga urinishlar ortida bostirib kirishga urinish yashiringan.
“Vashington vaj qilayotgan og‘ir gumanitar vaziyat aynan AQSh sanksiyalari va embargosi sababli yuzaga kelgan. Va bu vaziyatda gumanitar yordam suqishtirilmoqda. Shu bilan birga, uning rad etilishi ko‘zda tutilgan”, deb aytdi Rossiya vakili.
“AQSh Venesuela xalqiga nisbatan istehzo va dimog‘dorlik ko‘rsatib, mustaqil davlatga bostirib kirmoqchi. Puerto-Rikoga AQSh maxsus kuchlari, qurolli kuchlari bo‘linmalarining Kolumbiyaga tashlanishi va boshqa faktlar Pentagon hududdagi qo‘shinlarini qonunan saylangan prezident Maduroni hokimiyatdan chetlatish uchun operatsiyada qo‘llash maqsadida kuchaytirayotganini anglatadi. Venesuela xalqi buni yaxshi tushunadi. Agressor davlatdan yukni olishni rad etish va o‘z prezidentini qo‘llab-quvvatlash munosabati ham aynan shundandir”, deb qo‘shimcha qilgan Patrushev.
27 fevralda Venesuela tashqi ishlar vaziri Xorxe Arreasa BMT Xavfsizlik kengashidagi nutqida 23 fevralda Kolumbiya bilan chegarada yoqib yuborilgan, gumanitar yuk ortilgan yuk mashinasida nafaqat oziq-ovqat va dori-darmon, balki barrikadalar hosil qilish uchun anjomlar bo‘lganini ma'lum qilgan.
23 fevralda Venesuela muxolifati mamlakatga gumanitar yukni yetkazishga urinishni amalga oshirdi. Biroq Kolumbiya bilan chegarada u yerdan kelayotgan yuk mashinalardan bir nechtasi yoqib yuborilgan. Shu kuniyoq Maduro Kolumbiya bilan barcha diplomatik va siyosiy aloqalarni uzishga” qaror qilgan.
Mavzuga oid
23:20 / 13.11.2024
Polshada AQShning raketaga qarshi mudofaa bazasi ochildi
22:44 / 13.11.2024
Tramp ma’muriyatida Ukraina bo‘yicha maxsus vakil bo‘ladi - OAV
22:14 / 13.11.2024
Tramp lavozim taqsimlamoqda: Pentagon jurnalistga, Maskka yangi departament
15:44 / 13.11.2024