Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Mamlakatimizda tadbirkorlarning yangi avlodi paydo bo‘lmoqda». Prezident To‘raqo‘rg‘onda yangi loyihalar bilan tanishdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev To‘raqo‘rg‘on tumanidagi «FT Textile group» qo‘shma korxonasi faoliyati bilan tanishdi.
«Shahand» qishloq fuqarolar yig‘inidagi korxona binosi bir paytlar qarovsiz holda edi. Davlat rahbarining har bir hududdagi mavjud imkoniyatlarni ishga solib, aholini ish bilan ta'minlashga qaratilgan siyosati natijasida ushbu inshoot mahalliy tadbirkorga berilgandi. Tez orada bino ta'mirlanib, Germaniyadan zamonaviy ip yigiruv mashinalari keltirib o‘rnatildi. Boshqa uskunalar Belgiya, Shveytsariya, Hindiston va Turkiyadan olib kelindi. Shu tariqa o‘tgan yili korxonaning birinchi bosqichi ishga tushirildi. Yon-atrofdagi Bog‘ishamol, Dukat, Temirqishloq, Olchin, Axsi kabi mahallalarda yashovchi 300 kishi doimiy ish bilan ta'minlandi.
Bugungi kunda korxonada yiliga 15,6 ming tonna ip-kalava ishlab chiqarilmoqda. Ular Xitoy, Rossiya, Turkiya va Ukrainaga eksport qilinmoqda. O‘tgan yili 10 million dollarlikdan ziyod mahsulot chet ellarga yetkazib berilgan. Korxonaning ikkinchi bosqichida yiliga yana 20,8 ming tonna ip-kalava ishlab chiqarish, 200ta qo‘shimcha ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan.
Yana bir muhim tomoni, ushbu korxona elektr energiyasi bilan o‘zini o‘zi ta'minlaydi. Bu yerga Germaniyadan eng zamonaviy gazogenerator keltirib o‘rnatilgan. Ish jarayonida paydo bo‘ladigan issiq suv ham behuda ketmaydi. 9 gektar issiqxonani isitadi.

– Mamlakatimizda o‘z ishiga innovatsion yondashadigan tadbirkorlarning yangi avlodi paydo bo‘lmoqda, – dedi Shavkat Mirziyoyev. – Ularning safini kengaytirish, doimo qo‘llab-quvvatlash lozim.
Davlat rahbari qo‘shma korxona ishchilari bilan muloqot qildi.
Shu yerda O‘zbekistonning xorijiy mamlakatlardagi elchixonalari bilan hamkorlikda Namangan viloyatida amalga oshiriladigan investitsiyaviy loyihalar taqdimoti ham o‘tkazildi. Ularga muvofiq, 43ta istiqbolli loyihani amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari, «O‘zavtosanoat» AJ tomonidan avtomobillar yoritish chiroqlari, «Norin moto bayk» korxonasida moped, skuter, mototsikl va motorollerlar, Pop tumanidagi «Uz youcheng group» qo‘shma korxonasida tikuvchilik dastgohlari ishlab chiqarish kabi ko‘plab loyihalar haqida ma'lumot berildi.
Prezident ushbu loyihalarni sifatli amalga oshirish yuzasidan topshiriqlar berdi.

Mavzuga oid
16:23 / 17.08.2022
To‘raqo‘rg‘on IESga gaz yetkazib beruvchi quvurdagi ta’mirlash ishlari qachon yakunlanishi aytildi
12:05 / 17.08.2022
To‘raqo‘rg‘on IES ishi favqulodda to‘xtatildi. Hududlarda elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilishi mumkin
17:34 / 22.10.2021
To‘raqo‘rg‘onda 46 yoshli ayol Gentra urib ketishi oqibatida vafot etdi
19:15 / 15.10.2021