Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘zbekiston havo yo‘llari» Pokistonga parvozlarni bekor qildi
“O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyasi Pokiston va Hindiston o‘rtasidagi siyosiy mojarolar tufayli havo yo‘llari yopilganligi sabab 1 martdagi Lohur-Toshkent qatnovini bekor qildi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, yo‘lovchilarga qo‘shimcha to‘lov va ovoragarchiliklarsiz aviabiletlarni qaytarish va qayta bron qilish imkoniyati taqdim etiladi.
“Uzbekistan Airways kutilmagan noqulayliklar uchun uzr so‘raydi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi munosabatlar 14 fevralda xudkush Hindistonning Jammu va Kashmir shtatida politsiya kolonnasi oldida o‘zini portlatgandan keyin keskinlashdi. Hujum uchun javobgarlikni “Jayishi Muhammad” guruhi o‘z zimmasiga olgan.
Mavzuga oid
20:53 / 15.05.2026
Pokiston Qoraqalpog‘istonda qator loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda
20:35 / 13.05.2026
BAA Pokistonning vositachiligidan nega norozi?
09:00 / 11.05.2026
Pokistondagi hujumda kamida 15 politsiyachi halok bo‘ldi
18:13 / 03.05.2026