2019 yil 27 fevral kuni Oliy Majlis Senati qömitalari va komissiyasining majlislari bölib ötdi. Ularda parlament yuqori palatasining ön sakkizinçi yalpi majlisi kun tartibiga kiritilgan masalalar muhokama qilindi.

Xususan, Oliy Majlis Senati Fan, ta'lim va soğliqni saqlaş masalalari qömitasining bölib ötgan majlisida “Özbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qiliş töğrisida”gi Qonunning Toşkent viloyatida ijro etilişi holatini örganiş natijalari körib çiqildi.

Majlisda nogironlarni ijtimoiy himoya qiliş böyiça Toşkent viloyatida qator işlar amalga oşirilganligiga qaramay, sohada qator kamçilik va muammolar mavjudligi qayd etildi, deb xabar bermoqda Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining axborot xizmati

Jumladan, Qonunning 10-moddasida aholiga transport xizmati körsatişni amalga oşiruvçi taşkilotlar tegişli obektlarni nogironlarning tösqinliksiz kirişi imkonini beruvçi maxsus moslamalar bilan jihozlaşni ta'minlaş belgilangan bölişiga qaramasdan viloyatda bekatlar, svetoforlar va piyodalar yölakçalarini maxsus moslamalar bilan jihozlaş böyiça heç qanday işlar amalga oşirilmagan.

Foto: senat.uz

Şu bilan birga, mas'ul davlat organlari örtasida nogironlar töğrisidagi statistik ma'lumotlarni yuritiş mexanizmi takomillaşmagan, vazirlik va idoralarning yagona ma'lumotlar bazasi yaratilmagan. Masalan, Soğliqni saqlaş vazirligining ma'lumotiga köra, 2019 yil 1 yanvar holatiga Toşkent viloyatida 47598 nafar nogiron bölsa, Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan taşqari Pensiya jamğarmasining ma'lumoti böyiça - 48225 nafar, Davlat statistika qömitasining ma'lumoti böyiça esa - 55430 nafar nogiron mavjud.

Nogironlarning bandligini ta'minlaş işlari ham öz holiga taşlab qöyilgan, bu borada aniq çora-tadbirlar dasturi işlab çiqilmagan.

Xususan, nogironlarning bandligini ta'minlaş maqsadida 2018 yil davomida Bandlikka kömaklaşiş markazlariga viloyat Tibbiy-mehnat ekspertiza komissiyasi (TMEK) tomonidan jami 1109 ta tavsiya berilgan bölsa-da, ularning bor yöği 56 nafari (5 foizi) işga joylaşgan, xolos.

Nogironlarni reabilitatsiya texnik vositalari va protez-ortopedik mahsulotlar bilan ta'minlaş işlari yetarli darajada yölga qöyilmagan. Uşbu mahsulotlar bilan nogironlarni ta'minlaş darajasi örtaça 35 foizni taşkil etmoqda.